Maxkamov Najmiddin Kozimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik va uyqu tomir kasalligi mavjud bemorlarda rentgenendovaskulyar davolash diagnostikasi va taktikasini optimallashtirish», 14.00.34–Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib588.
Ilmiy rahbar: Zufarov Mirjamol Mirumarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Aliev Sherzod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori; Yuldoshev Nabijon Primovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Kardiologiya va ichki kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy diagnostika usullarini qo‘llash va rentgenendovaskulyar aralashuv taktikasini optimallashtirish yo‘li bilan uyqu arteriyalari shikastlanishi kuzatilgan yurak ishemik kasalligini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
miya qon aylanishi buzilishining klinik ko‘rinishi yoki asimptom kechishi mavjud bo‘lgan bemorlarda koronar va karotid havzaning birgalikda aterosklerotik shikastlanishining kechish og‘irligini baholashning gemodinamik mezonlari aniqlangan;
endovaskulyar optik-kogerent tomografiya ma’lumotlari bo‘yicha anatomik-funksional jihatdan buzilishlar darajasini ob’ektiv baholash uchun koronar arteriyalar devorlarining morfologik xususiyatlari va aterosklerotik ta’rifi aniqlangan;
murakkab shikastlanishlarda (bifurkatsion, chap toj qon tomir o‘zani, surunkali toj qon tomir okklyuziyasi) koronar arteriyalardagi endovaskulyar aralashuvlarni baholash uchun amaliyot vaqtidagi mezonlarni optimallashtirishda optik kogerent tomografiya imkoniyatlari aniqlangan;
rentgenendovaskulyar yoki xirurgik yo‘l bilan davolash taktikasini aniqlash uchun koronar va karotid arteriya havzalarining birgalikda ateroskleroz bilan shikastlanishi kechish og‘irligini baholashning maxsus tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uyqu arteriyalarining birgalikda shikastlanishlarida yurak ishemiya kasalligi diagnostikasi va davolash sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Koronar va uyqu arteriyalar mul`tifokal aterosklerotik shikastlanishi bilan kasallangan bemorlarni davolash taktikasi algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 8n-z/223-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar uyqu arteriyalarning birgalikda shikastlanishlari bilan yurak ishemiya kasalligida rentgenendovaskulyar va xirurgik aralashuvlaridan keyin turli asoratlar rivojlanish ehtimoli mavjudligini aniqlash imkonini bergan;
«Koronar va uyqu arteriyalar mul`tifokal aterosklerotik shikastlanishi bilan kasallangan bemorlarni davolash taktikasini tanlash uchun dastur» tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 8n-z/223-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan EHM uchun dastur uyqu arteriyalarining birga qo‘shilgan shikastlanishlari bilan bemorlarni rentgenendovaskulyar va xirurgik davolashda xavf va ko‘rsatkichlar darajasini yuqori aniqlik bilan hisoblash uchun optimal taktikani tanlash imkonini bergan;
uyqu arteriyalarining shikastlanishi bilan birgalikda yurak ishemik kasalligi bilan bemorlar diagnostikasi va davolash sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, shu jumladan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan va Xorazm filiallari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 8n-z/223-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Uyqu arteriyalarining shikastlanishlari bilan birgalikda yurak ishemik kasalligi bilan bemorlarda ishlab chiqilgan rentgenendovaskulyar aralashuvlarning taktik-texnik jihatlarini amalga oshirish amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasi, masalan, stenokardiyaning qaytadan takrorlanishini 12,5% dan 4,7% gacha qisqartirish, koronar arteriyalar restenozi va stent trombozi xavfini kamaytirish, shuningdek, uzoq muddatli yaxshi natijalar ulushini 87,5% dan 95,3% gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish