Mavlyanov Farxod Shavkatovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Bolalardagi obstruktiv uropatiyalarni davolashda qo‘llanilgan rekonstruktiv operatsiyalardan keyin buyraklar funksional holatini prognozlash», 14.00.35 – bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Tib.295

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Axmedov Yusufjon Maxmudovich, tibbiyot fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, 16.07.2013.Tib.18.01.

Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Poddubniy Igor` Vital`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Salimov Shavkat Teshaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Baxtier Berdialievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Diplomdan keyingi ta’lim Rossiya medisina akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi.

Bolalardagi obstruktiv uropatiyalarni diagnostika va davolash samaradorligini oshirish buyicha taklif va tavsiyalar ishlab  chiqishdan iborat.

    III. Tadqiotning ilmiy yangiligi:

jom-siydik nayi burchagi fiziologik holatani tiklash yo‘li bilan yuqori siydik yo‘llarida urodinamikani yaxshilash imkonini beruvchi bolalardagi tug‘ma gidronefrozda jom-siydik nayi segmentini plastika kilish usuli ishlab chikilgan.

obstruktiv uropatiyalarning barcha turlarida siydikdagi intreleykin‒10 va TGF–β miqdorlarining yakqol ko‘payishi nefroskleroz va yallig‘lanish faolligining immunologik markeri ekanligi aniqlangan;

obstruktiv uropatiyalarda bo‘yraklar funksiyasi nefronlarning patologik jarayonga jalb etilganligi darajasiga bog‘liqligi isbotlangan;

bolalardagi tug‘ma obstruktiv uropatiyalarning rivojlanishi va oqibatining buyrak parenximasi funksiyasining saqlanganligiga bog‘langan holida prognozlash mezonlari ishlab chiqilgan.

  IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tema “Bolalardagi obstruktiv uropatiyalarni davolashda qo‘llanilgan rekonstruktiv operatsiyalardan keyin buyraklar funksional holatini prognozlash” bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

bolalardagi tug‘ma gidronefrozda jom-siydik nayi segmentini plastika qilish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP № 02820). Mazkur ilmiy natija jom-siydik nayi burchagi fiziologik holatani tiklash yo‘li bilan yuqori siydik yo‘llarida urodinamikani yaxshilash imkonini beradi;

bolalardagi obstruktiv uropatiyalarni davolashda qo‘llanilgan rekonstruktiv operatsiyalardan keyin buyraklar funksional holatini prognozlash  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan: Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali va Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 15 martdagi 8n–3/51-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tug‘ma obstruktiv uropatiyalarni tashxislash va davolashni takomillashtirish, vazorenal gipertenziya va surunkali buyrak etishmovchiligi kabi asoratlar chastotasini kamaytirish, erta nogironlikning oldini olish, sotsial adaptatsiya hamda hayot tarzi sifatini yaxshilash, shifoxonada davolanish muddatini 37% (7,4 kun) qisqartirish, dori-darmongalarga muhtojlikni kamaytirish  imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish