Aripxodjaeva Gulnozaxon Zaynitdinovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Surunkali virusli gepatit S: metabolik adaptatsiya, davolash samaradorligining patogenetik asoslari», 14.00.10-yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №30.09.2014/B2014.3-4.Tib40.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ilxamdjan Asamovich Kasimov, tibbiyot fanlari doktori, professor

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, 16.07.2013.Tib.17.02.

Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Hubert Blum (Germaniya), tibbiyot fanlari doktori, professor; Vil`dan Xayrullaevich Fazilov, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Erkin Isakovich Musabaev, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Vena tibbiyot universiteti (Avstriya)

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali virusli gepatit S da metabolik adaptatsiya mexanizmlarini aniqlash va davolashga yondoshuvni optimallashtirishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

surunkali HCV-infeksiyada pro- va antioksidant tizimlarida  disbalans rivojlanishi (patologik jarayonning bioximik manifestatsiyasi), kasallikning klinik manzarasi namoyon bo‘lishidan oldin yuzaga kelishi aniqlangan;

surunkali virusli gepatit S da virusning uzoq vaqt simptomsiz persistensiyasi asosida xujayra metabolik adaptatsiyasining individual xususiyatlari ochib berilgan;

ilk bor surunkali kechuvchi HCV-infeksiyada metabolik adaptatsiya rivojlanish bosqichlarining xususiyatlari hamda glutation etishmovchilik va xujayralarni energetik metabolizmini xisobga olgan xolda surunkali HCV-infeksiyada differensial davolash taktikasi ishlab chiqilgan;

ilk bor surunkali HCV-infeksiyada glutationperoksidaza va ATF  aktivlik darajasini inobatga olib xujayra metabolik adaptatsiya holatini baxolash usuli ishlab chiqilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Surunkali gepatit S: metabolik adaptatsiya, davolash samaradorligining patogentik asoslari bo‘yicha olingan natijalar «Surunkali gepatit Sda patogenetik davoni optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma asosida sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasi, 5-son shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 10 aprel` 2015 yildagi 8N-d/29 sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar patogenetik va virusga qarshi davolashning optimizatsiyasiga olib keldi, bu esa o‘z navbatida ishga layoqatsizlik muddatini, statsionarda davolanish muddatini 1,6 martaga qisqarishiga olib keldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish