Abdullaev Sherzod Saydullaevichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Turli xildagi nefropatiyalarda kardiorenal  munosabatlarni prognozlash va tashxislash xamda ularni korreksiya qilish yo‘llari», 14.00.05 – ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari)

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.06.2015/B2015.2.Tib.669.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Daminov Botir Turgunpulatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, 16.07.2013.Tib.17.02.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kim Soon-Bae, tibbiyot fanlari doktori, professor,  Margus Lember, tibbiyot fanlari doktori, professor, Xamraev Abror Asrarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Fundación Jiménes Díaz ilmiy tadqiqot instituti (Ispaniya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi. Diabetik va nodiabetik etiologiyali surunkali buyrak kasalliklarida kardiorenal aloqalar buzilishiga olib keluvchi xavf omillarini aniqlash hamda ularni samarali davolash yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor turli etiologiyali SBK bilan og‘rigan bemorlarda ChQG, uning turli geometrik modellarini shakllanishiga olib keluvchi asosiy xavf omillari va kardiorenal aloqalar buzilishlarining sabablari aniqlangan;

ilk bor diabetik va nodiabetik etiologiyali AG bilan III bosqichdagi SBK bilan og‘rigan bemorlarda ABning sutkalik profili kechishining o‘ziga xosligi hamda chap qorinchaning struktur-funksional holati va buyrakning funksional holatidagi buzilishlar aniqlangan;

SBK bilan og‘rigan bemorlarda mikroal`buminuriya va KFTni aniqlash orqali nefropatiya rivojlanishining patogenetik jihatdan proteinurik va noproteinurik zararlanish yo‘llari isbotlangan;

turli etiologiyali SBKni kompleks davolashda angiotenzin II reseptori blokatori bo‘lmish eprosartanning kal`siy kanallari blokatori lerkanidipinga nisbatan ko‘proq nefroprotektiv va antiremodellashuv ta’sirga ega ekanligi isbotlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

SBK III darajasi bilan og‘rigan turli etiologiyali nefropatiyali bemorlarda kardiorenal munosabatlarni erta tashxislash (sutkalik AB monitoringi, exokardio-grafik tekshiruvlar, buyrak disfunksiyasi ko‘rsatkichlari), yurak qon-tomir asoratlarini aniqlash va davolash  bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi va Respublika nefrologiya markazi klinikasiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 24 maydagi 8D-z/68-son ma’lumotnomasi). Bunda SBK bilan og‘rigan bemorlarda yurak qon-tomir asoratlarini bashorat qilish, erta tashxislash, davolash imkoni yaratildi hamda bemorlarning shifoxonada davolanish kunini 20-30%ga qisqartirishga, dializgacha bo‘lgan davrini uzaytirishga va ularning hayot sifatini yaxshilashga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish