Fattaxov Bobir Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Urogenital xlamidioz va ureaplazmozli bemorlarni davolashda umumiy va mahalliy immunitetni hisobga olgan holda yangicha yondashuvlar», 14.00.11–Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib69.
Ilmiy rahbar: Sabirov Ulug‘bek Yusupxonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Xaitov Qaxramon Najmitdinovich, tibbiyot fanlari doktori; Ziyadullaev Shuxrat Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: urogenital xlamidioz va ureaplazmozli bemorlarni davolashda umumiy va mahalliy immunitetni hisobga olgan holda takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
urogenital xlamidioz va ureaplazmozlarning erkaklarda klinik kechish xususiyati, asosan, yallig‘lanish jarayonining subklinik kechishi va kam yoki o‘rtacha darajadagi ajralmali holatlarda, ularda uretraning anatomik o‘ziga xos tuzilishi tufayli va shilliq qavat epiteliysida endoteliy hujayralarning immunogistologik holatiga bevosita bog‘liqligi isbotlangan;
urogenital ureaplazmoz va xlamidiozli bemorlarni solishtirma tekshirilganda eng samarali PZR va IFA usullari sezuvchanligi 90 – 98 % gacha tashkil etganligi uchun diagnostikada, sitologik va kul`tural usullar esa sezuvchanligi yuqoriligi va keng ommabopligi tufayli skrining tekshiruvlarda foydalanish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
urogenital ureaplazmoz va xlamidiozli bemorlarda jarayonning organizmda keng tarqalishi, neytrofil zveno va makrofaglarni qamrab olishi natijasida limfotsitlar populyasiyasida immun tizimida hujayraviy immunitet (CD3+, CD4+, CD8+) ko‘rsatkichlarining ishonchli darajada kamayishi, gumoral immunitet ko‘rsatkichi (CD 20+, Ig G) miqdorlarining keskin oshishi va immun tizimidagi nomutanosibliklar yuz berishi isbotlangan;
ilk bor urogenital ureaplazmoz va xlamidiozli bemorlarda sitokin statusida yallig‘lanish sitokinlari (IL-1, FNO-α) konsentratsiyasining ortishi va yallig‘lanishga qarshi sitokin IL-4 ning keskin kamayishi, bu holat, ayniqsa, assotsirlangan infeksiya holatlarida kuchliroq rivojlanishi bilan kechuvchi sitokin tizimidagi turg‘unlikning buzilishi aniqlangan;
urogenital ureaplazmoz va xlamidiozli bemorlarda o‘tkazilgan takomillashtirilgan, o‘z ichiga immunnokorregirlovchi davoni qamrab olgan kompleks davolash bilan umumiy, mahalliy immunitet va sitokin statusidagi aniqlangan buzilishlar hujayra immuniteti va gumoral qator ko‘rsatkichlarining tiklanishiga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Urogenital ureaplazmoz va xlamidiozli bemorlarni kompleks davolashda takomillashtirilgan yondashuvlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Urogenital ureaplazmoz va xlamidiozli bemorlarni davolashning takomillashtirilgan usuli» uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 oktyabrdagi 8N-r/268 son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomalar urogenital ureaplazmoz va xlamidiozli bemorlarni davolash chora-tadbirlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
urogenital ureaplazmoz va xlamidiozli bemorlarni davolashning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, O‘zR SSV RIDV va KIATMning jinsiy yo‘l orqali yuquvchi infeksiyalar va reproduktiv buzilishlar bo‘limida, Toshkent va Samarqand viloyat teri tanosil dispanserlari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 noyabrdagi 8n-z/198-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi tibbiy yordam sifatini oshirish, shuningdek, tashxisot va davolashning yangi usullarini qo‘llash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilab, davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini bergan.