Hakimov Komil Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Affekt holatida sodir etiladigan jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari», 12.00.08–Jinoyat huquqi. Huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Yu154.
Ilmiy rahbar: O‘razaliev Murod Qoraevich, yuridik fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Rustam Qobulovich, yuridik fanlar doktori, professor; Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: affekt institutining jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlarini kompleks o‘rganish asosida aniqlangan muammolarning echimini topish hamda mazkur jinoyatning oldini olishni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy yoki ruhiy majburlash natijasida jinoiy qilmish sodir etish jinoyatni istisno qiluvchi holat hisoblanishi zarurligi asoslangan;
jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar etkazilishi, agar bunday majburlash yoxud qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan bo‘lsa, jinoyat hisoblanmasligi asoslab berilgan;
qo‘rqitish natijasida jinoiy qilmish sodir etishni jinoyatni istisno qiluvchi holat deb topish zarurligi asoslangan;
Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida zarar etkazganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi masala, agar bunday majburlash yoki qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan bo‘lsa, oxirgi zarurat holatida jinoyat sodir etgan deb topish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuchli ruhiy hayajonlanish (affekt) holatida sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish va uning oldini olish choralarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar etkazilishi, agar bunday majburlash yoxud qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan bo‘lsa, jinoyat hisoblanmasligi haqidagi taklif Jinoyat kodeksining 411-moddasi birinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 28 avgustdagi 06/1-05/2879-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida jinoyat sodir etgan shaxslarga odillik va insonparvarlik prinsiplari asosida javobgarlikdan ozod qilishga xizmat qilgan;
Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida zarar etkazganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi masala, agar bunday majburlash yoki qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan bo‘lsa, oxirgi zarurat holatida jinoyat sodir etgan deb topish zarurligi haqidagi taklif Jinoyat kodeksining 411-moddasi ikkinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 28 avgustdagi 06/1-05/2879-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida o‘z harakatlarini boshqara olgan shaxslarning harakatlariga oxirgi zarurat sifatida baho berishga xizmat qilgan;
jismoniy yoki ruhiy majburlash natijasida jinoiy qilmish sodir etishni jinoyatni istisno qiluvchi holat deb topish zarurligi haqidagi taklif Jinoyat kodeksining 35-moddasi ikkinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 30 maydagi 160-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlash natijasida jinoyat sodir etgan shaxsning jinoiy xatti-harakatlarini qilmish sodir etishni jinoyatni istisno qiluvchi holat deb topishga xizmat qilgan;
qo‘rqitish natijasida jinoiy qilmish sodir etishni jinoyatni istisno qiluvchi holat deb topish zarurligi haqidagi taklif Jinoyat kodeksining 35-moddasi ikkinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 30 maydagi 160-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi qo‘rqitish natijasida jinoyat sodir etgan shaxsning xatti-harakatlarini qilmish sodir etishni jinoyatni istisno qiluvchi holat deb topishga xizmat qilgan.