Xolmurodov Umidjon Turg‘unovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tizza bo‘g‘imi strukturalari shikastlanishining o‘tkir davrida tashxis quyish va davolashni optimallashtirish», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib689.
Ilmiy rahbar: Karimov Murodulla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.28.02.2018.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Abdurazzakov Arman Urazbaevich, tibbiyot fanlari doktori, (Qozog‘iston Respublikasi); Irismetov Murod Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maksadi: tizza bo‘g‘imi jarohatlarini o‘tkir davrda erta davolovchi artroskopiya usulini tatbiq etish orqali davolash va diagnostika natijalarini yaxshilash hamda optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizza bo‘g‘imining o‘tkir jarohatlarida erta artroskopik usulning faol qo‘llanilishi 96,5% holatlarda asoratsiz va tibbiy nuqsonlarsiz o‘tkaziladigan tashxisot va maloinvaziv usul ekanligi isbotlangan;
gemosinovial suyuqlikda katalaza va peroksidaza fermentlari faolligining nisbati, bo‘g‘im struktural va funksional buzilishlari rivojlanishida uzoq muddatli prognostik marker hisoblanib, fermentlar faolligining oshishida tizza bo‘g‘imi o‘tkir jarohatlari bilan og‘rigan bemorlarning KOOS ko‘rsatkichi pasayishi bilan asoslangan;
biokimyoviy tekshirishlar natijasida nekrotik substansiyalarni baholash tizza bo‘g‘imining posttravmatik osteoartritining rivojlanishi jarayonida E254 bioximik markerning normadan baland bo‘lishi bashoratlash mezoni ekanligi isbotlangan;
birlamchi murojaat qilgan bemorlarda davolash tizimini takomillashtirishda artroskopik tadqiqot usuli yordamida birlamchi ko‘rik informativligi va erta davolash tartibini amalga oshirish tartibi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir davrda tizza bo‘g‘imining bo‘g‘im ichi strukturalari jarohatlarining diagnostikasi va davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Tizza bo‘g‘im o‘tkir shikaslanishlarida artroskopiyaning imkoniyatlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 iyundagi 8n-d/135-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma o‘tkir davrda tizza bo‘g‘imining bo‘g‘im ichi tarkibiy qismlarni shikastlarni davolashda artroskopik tekshiruv asosida daolash tizimini optimallashtirish imkonini bergan;
o‘tkir davrda tizza bo‘g‘imining bo‘g‘im ichi strukturalari jarohatlarining diagnostikasi va davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi shoshilinch travmatologiya va ortopediya bo‘limlari, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarqand filiali, Buxoro viloyati shoshilinch tibbiy yordam markazining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 noyabrdagi 8n-z/133-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar asosida tizza bo‘g‘imi o‘tkir jarohatlarida faol artroskopiya 96,5% holatlarda asoratlarsiz va tibbiy xatoliklarsiz o‘tkaziladigan maloinvaziv diagnostik va davolash usuli ekanligi hamda gemosinovial suyuqlikda nekrotik substansiyaning aniqlanishi bioximik prognostik marker hisoblanib, 89,5% gacha samaradorlikka erishish mumkinligi isbotlangan.