Mutalov Shuxrat Axmadjonovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyodan yangi sorbentlar va reagentlar asosida oqava suvlarni tozalashning samarali usullarini ishlab chiqish», 11.00.05–Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 31.03.2016/B2016.1.K121.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Toshkent davlat texnika universiteti, 16.07.2013.K/T.14.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xamraev Sayfulla Sadullaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Abduraximov Saidakbar Abduraxmanovich, texnika fanlari doktori, professor; Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi furfurol asosida yangi samarali ionalmashuvchi sorbentlar va sanoat chiqindisidan reagentlar olish usullarini ishlab chiqish hamda kimyo va metallurgiya sanoati oqava suvlarini metall ionlaridan tozalash, deminerallash jarayonlarida qo‘llash imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

furfurolni benzoguanidin, difenilguanidin bilan polikondensatsiyalab polifunksional kuchsiz asosli, termokimyoviy barqaror, tanlovchanlik xususiyatli, rangli metall ionlari bilan kompleks hosil qilish xossasiga ega bo‘lgan anionit–sorbentlar olingan;

furfurolni akril kislotasi bilan polikondensatsiyalash yo‘li bilan monofunksional, sanoat eritmalaridan rangli metall va uranil ionlarini tanlab sorbsiyalash xossasiga ega bo‘lgan karboksil kationit–sorbent olingan;

jarayonni kinetik tadqiq qilish asosida reaksiyaning tezlik konstantasi, aktivlanish energiyasi, olinayotgan sorbent xossalarining haroratga, boshlang‘ich moddalarning konsentratsiyasiga, katalizator miqdoriga va boshqa omillarga bog‘liqligi aniqlangan;

import o‘rnini bosuvchi ionalmashuvchi sorbentlarning asosiy kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalarining (kal`siy, magniy, mis, nikel`, molibden va boshqa ionlarni sorbsiyasi, sorbsion sig‘imi, monofunksionalligi, funksional guruhlarning dissotsiatsiyalanish darajasi) boshlang‘ich xomashyolarning kimyoviy tarkibi,fizik-kimyoviy va adsorbsion xossalariga korrelyasion bog‘liqligi ko‘rsatilgan;

furfurol va Qo‘ng‘irot soda zavodi chiqindisi asosida sanoat oqava suvlarini tozalash va yumshatishda hamda rangli metall ionlarini ajratishda qo‘llaniladigan turli funksionalli ionalmashuvchi polimer sorbentlar va kal`siy gidrosilikat reagentini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mahalliy xomashyodan olingan yangi sorbentlar va reagent asosida oqava suvlarni tozalashning samarali usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ishlab chiqilgan karboksilkationit olishning texnik shartlari (Ts14825224-01:2015) «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan. Texnik shart texnologik jarayonda ishlatilayotgan kationitlar o‘rniga mahalliy xomashyolardan olingan kationitni ishlatish imkonini beradi;

furfurolni akril kislotasi bilan polikondensatsiyalash asosida monofunksional karboksil kationit olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 03458, 2007). Monofunksional karboksil kationit olish usuli eritmalardan rangli metall va uranil ionlarini sorbsiyalash imkonini beradi;

furfurol asosida olingan kationit va anionitlar oziq-ovqat, kimyo va metallurgiya sanoati ishlab chiiarish korxonalarisuvlarini tozalash va yumshatish jarayoniga tadbiq etilgan («O‘zvinosanoat-xolding» kompaniyasining 2016 yil 17 maydagi AA-02/1-1042-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonaning texnologik liniyasini ixchamlashtirishga, energiya sarfini kamaytirishga, sanoat oqava suvlarini takroriy ishlatishga, chetdan olib kelinayotgan adsorbentlarni mahalliylashtirishga, texnologik jarayonni bir xil rejimda boshqarishga erishiladi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish