Shurigin Vyacheslav Vladimirovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sho‘rlanish sharoitida no‘xatning o‘sishi va rivojlanishini kuchaytirishda hamda ularning ildiz kasalliklarini biologik nazorat qilishda rizosfera mikroorganizmlarining roli», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.06.2015/B2015.2.V162.
Ilmiy maslahatchi: Davranov Qaxramon, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti va Mikrobiologiya instituti, 16.07.2013.V.01.03.
Rasmiy oppenentlar: Xasanov Batir Achilovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xodjibaeva Sanabar Mirzaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘simliklarni o‘stirish xususiyatiga ega bo‘lgan rizosfera mikroorganizmlari asosida sho‘rlanish sharoitida no‘xatni hosildorligini oshiruvchi samarador biopreparat yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sho‘rlangan tuproqda o‘sgan no‘xatni tugunaklaridan va rizosferasidan Pseudomonas va Mesorhizobium avlodlariga kiruvchi bakteriyalarni shtammlari ajratib olingan va ularni 16S rRNK sini nukleotid ketma-ketligi asosida Pseudomonas chlororaphis-66 va Mesorhizobium ciceri-4 ekanligi aniqlangan;
bu bakteriyalarni rifampisinga barqaror shtammlari olingan va ularni no‘xat ildiz sistemasiga koloniyalanish xususiyatlari aniqlangan;
birinchi marta Pseudomonas chlororaphis-66 no‘xatda faol tugunaklar xosil bo‘lishiga yordam berishi, o‘simlikni immunitetini, xosildorligini va fitopatogen zamburug‘larga nisbatan barqarorligini oshirishi aniqlangan;
Mesorhizobium ciceri-4va Pseudomonas chlororaphis-66 shtammlarini, no‘xatni o‘sishi va rivojlanishini kuchaytiruvchi, hamda o‘simlikda ildiz kasalliklarini chaqiruvchi fitopatogen zamburug‘larini biologik nazorat qilishiga javob beruvchi omillar aniqlangan;
birinchi marta turli xil no‘xat navlari har xil tabiatga ega bo‘lgan ekssudatlar sintez qilishi (shakarlar, kislotalar, aminokislotalar) va ularni o‘zlarining ildiz sistemalari orqali sekresiya qilishi aniqlangan;
ildiz ekssudatlarini ionalmashtiruvchi smola – Dowex saqlagan kolonkada fraksiyalarga ajratish orqali, 3 fraksiya: kationli (gistidin, arginin, lizin, sistein, serin, glisin, asparagin kislota, leysin, izoleysin va alanin), anionli (glyukon, galakton va mannuron kislotalari), neytral (glyukoza, galaktoza, arabinoza, ksiloza va riboza) olingan;
alohida fraksiyalarni o‘ziga jalb qilish xususiyati (attraksiya zonasi (sm): kationli fraksiya uchun – 1,0; anionli – 0,6; neytral – 0,8), fraksiyalar yig‘indisiga qaraganda (attraksiya zonasi – 2,8 sm) past ekanligi isbotlangan. Kationli va neytral fraksiyalarni aralashmasining o‘ziga jalb qilish xususiyati, kationli va anionli fraksiyalar aralashmasidan hamda anionli va neytral fraksiyalar aralashmasining shu xususiyatiga nisbatan balandroq ekanligi aniqlangan;
birinchi marta tanlab olingan Pseudomonas chlororaphis-66 va Mesorhizobium ciceri-4 shtammlar asosida yangi «Psevdorizobin» biopreparati yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Psevdorizobin» 7,7 mlrd. xuj/ml (Pseudomonas chlororaphis-66 – 4 mlrd. xuj/ml, Mesorhizobium ciceri-4 – 3,7 mlrd. xuj/ml) O‘zbekiston Respublikasi Davlat kimyo komissiyasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestisidlar va agroximikatlar Ro‘yxati» ga kiritilgan (2016.09.02. 2-6/1-33). «Psevdorizobin» biopreparatini no‘xat o‘simligining fuzarioz vilt kasalligiga qarshi kullanilganda samaradorligi 83,3%ni tashkil qilib, sho‘rlanish sharoitida «Psevdorizobin» no‘xat o‘simligining hosildorligini 22% ga oshishiga imkonini berdi.