Mahmudov Mirabbos Fazliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda sanoatni rivojlantirishda ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish yo‘nalishlari (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.012–Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt757.
Ilmiy rahbar: Axmedov Durbek Qudratillaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, DSc.29.06.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zimetov Baxtiyor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Siddiqov Alisher Jo‘raqulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyati sanoatini rivojlantirishda ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-uslubiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyati tumanlari kesimida sanoat mahsulotlari eksportini rivojlantirishning salohiyat darajasi qiyosiy ustunlikni belgilovchi mezonlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan istiqbolli ishlab chiqarish sohalari aniqlangan;
mintaqa (viloyat) sanoat ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini baholashning uslubiy yondashuvi ishlab chiqarish omillarining mintaqa sanoat salohiyatiga ta’sirini baholash asosida takomillashtirilgan;
mintaqa (viloyat)da sanoat mahsulotlarini qayta ishlashning ko‘p bosqichli tizimiga “ikkilamchi resurs va iste’moldan hosil bo‘lgan sanoat chiqindilarini qayta ishlash” bosqichini yo‘lga qo‘yish asosida yetakchi tarmoqlarda qo‘shilgan qiymat zanjirini hosil qilish taklif etilgan;
Qashqadaryo viloyatida sanoat tarmoqlari rivojlanishining prognostik, optimizatsion, loyihaviy-investision, dasturiy bosqichlarini joriy etish asosida 2019-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz variantlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududlarda sanoatni rivojlantirishda ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo viloyati tumanlari kesimida sanoat mahsulotlari eksportini rivojlantirishning salohiyat darajasi qiyosiy ustunlikni belgilovchi mezonlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan istiqbolli ishlab chiqarish sohalariga oid taklifi Qashqadaryo viloyatini 2019–2021 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 18 apreldagi SS-4-0/20-920-son hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining 2019 yil 28 martdagi 02/624-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyati tumanlarining sanoat mahsulotlari eksportini rivojlantirishdagi qiyosiy ustunliklari asosida istiqbolli sohalari aniqlanib, investisiyalarni kiritishning manzilliligi va maqsadliligi darajasining oshishi hisobiga sanoat mahsulotlari eksport hajmining 2019 yil 1 choragida o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 107 foizga o‘sishiga xizmat qilgan;
mintaqa (viloyat) sanoat ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini baholashning uslubiy yondashuvi ishlab chiqarish omillarining mintaqa sanoat salohiyatiga ta’sirini baholash asosida takomillashtirilganligi bo‘yicha taklifdan respublikada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada bo‘lgan tumanlarni aniqlash va ularning ishlab chiqarish salohiyatini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 18 apreldagi SS-4-0/20-920-son  hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining 2019 yil 28 martdagi 02/624-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi nisbatan past bo‘lgan tumanlarni aniqlash hamda ularda sanoat ishlab chiqarishi salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
mintaqa (viloyat)da sanoat mahsulotlarini qayta ishlashning ko‘p bosqichli tizimiga “ikkilamchi resurs va iste’moldan hosil bo‘lgan sanoat chiqindilarini qayta ishlash” bosqichini yo‘lga qo‘yish asosida yetakchi tarmoqlarda qo‘shilgan qiymat zanjirini hosil qilish borasidagi taklifdan Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada bo‘lgan tumanlarni baholash va aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 18 apreldagi SS-4-0/20-920-son hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining 2019 yil 28 martdagi 02/624-son ma’lumotnomalari). Natijada, mamlakat mintaqalarida ikkilamchi resurslardan qayta ishlashni samaradorligini yanada takomillashtirish yo‘llari ishlab chiqilgan hamda ilmiy yangilikdan foydalanish asosida Qashqadaryo viloyati iqtisodiyotida qo‘shimcha 5,8 mlrd so‘mlik yalpi hududiy mahsulot yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatida sanoat tarmoqlari rivojlanishining prognostik, optimizatsion, loyihaviy-investision, dasturiy bosqichlarini joriy etish asosida 2019–2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz variantlari ishlab chiqilganlik bo‘yicha taklifdan Qashqadaryo viloyatini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 18 apreldagi SS-4-0/20-920-son hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining 2019 yil 28 martdagi 02/624-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida viloyatni o‘rta va uzoq muddatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda sanoatni barqaror rivojlantirish omillari va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish mo‘ljallarining aniqligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish