Isxakova Sarvar Ayubovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari daromadlarini oshirish va tarkibini takomillashtirish strategiyasi (oliy ta’lim xizmatlari sohasi misolida)”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti va 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt22.
Ilmiy rahbar: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti  Samarqand filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Navro‘z-zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Nasiba Botirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot  instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari daromadlarini oshirish va tarkibini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«aholi daromadlari» tushunchasining xizmatlarni hamda soha xodimlarining barcha turdagi daromadlarini  (ish haqi, mukofotlar, tadbirkorlik faoliyatidan daromadlar, norasmiy daromadlar, mulkdan olinadigan daromadlar va boshqalarni)  o‘zida aks ettiruvchi yangi tahrirdagi takomillashgan ta’rifi va tasnifi taklif qilingan;
o‘rtacha mehnat unumdorligi indeksi va o‘rtacha ish haqi indeksini qo‘llash asosida ish haqining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini hisoblash ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan hamda ularni soha xodimlari daromadlarida aks ettirish mexanizmi taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorini yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish sur’atlariga bog‘lab hisoblash va ularga tabaqalashtirilgan ustamalar to‘lash tizimi ishlab chiqilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanishining  soha xodimlari daromadlariga ta’sirini baholash  asosida soha xodimlarining o‘rtacha ish haqining 2018–2026  yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari hisoblab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari daromadlarini oshirish va tarkibini takomillashtirish strategiyasi  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«aholi daromadlari» tushunchasining xizmatlarni hamda soha xodimlarining barcha turdagi daromadlarini o‘zida aks ettiruvchi yangi tahrirda ishlab chiqilgan ta’rifi oliy ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Iqtisodiyot nazariyasi” bo‘yicha darsligiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-son buyrug‘i, 274-002 raqamli guvohnomasi). Mazkur ta’rifning o‘quv jarayoniga joriy qilinishi talabalarning xizmat ko‘rsatish sohasining aholi daromadlarini oshirishdagi roli to‘g‘risidagi bilimlarining chuqurlashishiga xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari ish haqi daromadlarini shakllantirish tizimini baholash maqsadida ish haqining samaradorligi ko‘rsatkichlarini hisoblash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Moliya hamda Iqtisodiyot va sanoat  vazirliklarining faoliyatida foydalanish uchun qabul  qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 06-17-01-32/792-son hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 6 maydagi UB-6-5/20-20-1084-son ma’lumotnomalari). Taklif qilingan ko‘rsatkichlarning amaliyotga joriy etilishi korxonalarda mehnat unumdorligini va xodimlar ish haqining asoslanganlik darajasini oshirish, xodimlarning xo‘jalik faoliyati yakuniy natijalariga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda rag‘batlantirish tizimining samaradorligini oshirish  imkonini  bergan;
oliy ta’lim muassasalari misolida xizmat ko‘rsatish sohasida ish haqi bilan mehnatning pirovard natijalari o‘rtasidagi bog‘liqligini kuchaytirish asosida mehnatning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha  takliflar  Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat tibbiyot instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 31 yanvardagi 89-03-524-son  ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ishga bo‘lgan  munosabatlarini o‘zgartirish,  ularning faoliyati samaradorligini oshirish hamda moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish imkoniyatini bergan;
xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanishining  soha xodimlari daromadlariga ta’sirini baholash asosida uzoq muddatli prognozlash bo‘yicha tavsiya O‘zbekiston Respublikasi moliya  hamda iqtisodiyot va sanoat  vazirliklarining faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 06-17-01-32/792-son hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 6 maydagi UB-6-5/20-20-1084-son ma’lumotnomalari). Mazkur prognozlashtirish natijasida kelgusida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish vazifalarini samarali amalga oshirish asosida  soha xodimlari daromadlarini oshirish strategiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish