Usarov Jabbor Eshbekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tayanch va fanga oid kompetensiyalar asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilar kompetentligini rivojlantirish (fizika fanini o‘qitish misolida)”,  13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Ilmiy rahbar: Muxamedov Gofurjon Israilovich,  kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti,  DSc.28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Zaynabiddinov Sirojiddin, fizika-matematika fanlari doktori, akademik;  Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor;  Usmonov Shukrulla Ne’matovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tayanch va fanga oid kompetensiyalar asosida umumiy o‘rta ta’lim fizika fani mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilar kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining fizika fani bo‘yicha kompetensiyalari tarkibi fizik jarayonlar tasnifi (hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish), tajribalar holati (o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish), amaliyot (fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish)ga oid elementlarini kiritish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda fizika faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish tuzilmasi motivatsiya, kognitiv, faoliyat va natijalarni baholash bosqichlarida kompetensiyalar xususiyatlari (ehtiyoj, maqsadni to‘g‘ri qo‘yish, qiziqish, motivatsiya, fizik tushunchalar, prognoz qilish, analitik ko‘nikma va interpretatsiya qilish) va ko‘rsatkichlari (kompetensiyalarni shakllantirish, kompetensiyalarni mustaqil qo‘llay olish,  kompetentlik, o‘z-o‘zini baholay olish)  mazmunini ochib berish asosida ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarda fizika faniga oid kompetentlik darajasini aniqlash imkoniyatlari pedagogik va psixologik tashxislash funksiyalari (boshlang‘ich va undan keyingi darajasini baholash, metodikalar nazorati, korreksiyalash)ni kiritish asosida kengaytirilgan;
o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan dars shakllarini passiv, faol, interfaol yondashuvga ko‘ra loyihalash jarayonlari tayanch va fanga oid  umumiy kompetensiyalarni shakllantirishda darslarga qo‘yiladigan talablarga (zamonaviylik, pedagogik texnika tamoyillari, o‘quv vaziyatini yaratish) ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quv faoliyatini jadallashtiruvchi ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi va motivatsiyasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv-uslubiy materiallarni (didaktik, ruhiy-pedagogik, ijtimoiy-pedagogik, tashxis mezonlari) ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fizikani o‘qitish jarayonida tayanch va fanga oid kompetensiyalar asosida  ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilar kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining fizika fani bo‘yicha kompetensiyalari tarkibi, fizik jarayonlar tasnifi (hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish), tajribalar holati (o‘tkazish, fizik kattaliklarni o‘lchash va xulosalar chiqarish), amaliyot (fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish)ga oid elementlariga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 21 fevraldagi 01-02/2-2-60-son ma’lumotnomasi). Mazkur DTS 2017–2018 o‘quv yilida amaliyotga joriy etilgan 8-, 9-, 10- va 11-sinf fizika darsliklarining yaratilishiga asos bo‘lgan;
o‘quvchilarda fizika faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish tuzilmasi, motivatsiya, kognitiv, faoliyat va natijalarni baholash bosqichlarida kompetensiyalar xususiyatlari va ko‘rsatkichlari, o‘quvchilarda fizika faniga oid kompetentlik darajasini aniqlash imkoniyatlari, pedagogik va psixologik tashxislash funksiyalariga oid takliflar akademik lisey o‘quvchilari uchun Fizika 2-kitob “Elektrodinamika. Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 yanvardagi  89-03-308-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda fanni o‘qitish  sifatini oshirishga xizmat qilgan;
o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan dars  shakllari, passiv, faol, interfaol yondashuvlarga ko‘ra loyihalash jarayonlari, tayanch va fanga oid  umumiy kompetensiyalarni shakllantirishda darslarga qo‘yiladigan talablar, o‘quv faoliyatini jadallashtiruvchi ta’lim texnologiyalariga oid takliflaridan PZ–2014-0910185149 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning  kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” (2015–2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 yanvardagi 89-03-308-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha umumiy o‘rta ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvning amaliyotga joriy etilishiga metodik asos bo‘lib xizmat qilgan;
o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, fizik tafakkuri va motivatsiyasini oshirishga yo‘naltirilgan takliflaridan Fizika 3-kitob “Optika, kvant fizikasi, atom va yadro fizikasi” nomli darslikda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 yanvardagi  89-03-308-son ma’lumotnomasi). Natijada darslik sifatida  respublikamizdagi akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari DTS talablari darajasidagi didaktik materiallar bilan tanishish va oliy ta’lim muassasalariga kirish test-sinovlariga tayyorlanish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish