Eshmuminov Asqar Allamuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tili milliy korpusining sinonim so‘zlar bazasi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil700.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.30.05.2018.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori; Abjalova Manzura Abdurashetovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sinonimlar bazasini shakllantirishning nazariy asoslarini o‘rganish, sinonimlar razmetkasi orqali sinonimlar bazasini takomillashtirish tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sinonimlar bazasini shakllantirishda lison – nutq farqlanishi va graduonimik (darajalanish) tamoyili lingvistik metodologiya ekanligi asoslangan;
semantik razmetkaning leksema lug‘aviy ma’nosi, ma’no ko‘lami va ko‘chim turidan keyingi pog‘onadagi bosqichi sinonimik tavsif ekanligi aniqlangan;
ma’nodosh so‘zlar bazasini tuzishda semantik razmetkaning tasnifiy o‘rni ochib berilgan;
o‘zbek tilining lisoniy sinonimlarini teglash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tili milliy korpusining sinonim so‘zlar bazasini ishlab chiqish jarayonida erishilgan ilmiy natajalar asosida:
semantik razmetkaning leksema lug‘aviy ma’nosi, ma’no ko‘lami va ko‘chim turidan keyingi pog‘onadagi bosqichi sinonimik tavsif ekanligi haqidagi ilmiy xulosalari asosida o‘zbek tili sinonimlari teglari lingvistik modelidan sinonimlar bazasining on-line varianti fragmentini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 21 maydagi 89-03-2113-son ma’lumotnomasi). Natijada “Hozirgi o‘zbek tili”, “Kompyuter lingvistikasi” fanlari mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga erishilgan;
ma’nodosh so‘zlar bazasini tuzishda semantik razmetkaning tasnifiy o‘rni ekanligiga doir ilmiy natijalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi davlatimiz Rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning uchinchi tashabbusi doirasida bajarilayotgan ishlarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 2 iyuldagi 04-13/3033-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi hamda internet orqali o‘zbek tiliga oid bilimlarining takomillashuviga erishilgan;
sinonimlar bazasini shakllantirishda lison – nutq farqlanishi va graduonimik tamoyili lingvistik metodologiya ekanligini aks ettirishga doir materiallardan Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Diyor yangiliklari” va “Bir asar sharhi” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo teleradiokompa-niyasining 2019 yil 9 apreldagi 01-15/263-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar yangi materiallar, ilmiy asoslangan dalillar bilan boyitilgan.