Mambetnazarov Amangeldi Bisenbaevichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasida sug‘oriladigan erlarini gidromodul rayonlashtirishni va g‘o‘za navlarining sug‘orish tizimlarini takomillashtirish», 06.01.02-melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Guvohnoma LA №0002271/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 18.11.2015/B2015.3-4.Qx212.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Avliyakulov Avaz Eronkulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, 16.07.2013.Qx/D.24.01.

Rasmiy opponetlarning  F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mirzajonov Qirg‘izali Mirzajonovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Xamidov Muxammadxon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Isashev Anvarjon, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari sharoitida yangi istiqbolli g‘o‘za navlarini maqbul sug‘orish tartibini ishlab chiqish hamda hududlarni gidromodul rayonlashtirishni takomillashtirishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari ekin maydonlarini gidromodul rayonlashtirish va yangi g‘o‘za navlarining sug‘orish tartiblari takomillashtirilgan;

muayayan meliorativ mintaqaga mansub sug‘oriladigan  erlarda fermer xo‘jaliklari ekin maydoni va suv taqsimoti, sizot suvlari sathining o‘zgarishi, namlikni tuproq naychalari orqali ko‘tarilish tezligi bo‘yicha mikrogidromodul rayonlashtirish ishlab chiqilgan;

tuproqning mexanik tarkibi, genetik qatlamlar bo‘yicha morfologik tuzilishi, makro va mikroagregatlar o‘lchami, sho‘rlanish-sug‘orish-oziqa tartibi va g‘o‘za navlarining biologik xususiyatiga bog‘liq holda ildiz tizimi orqali er osti suvlaridan foydalanish mexanizmi aniqlangan;

g‘o‘zani «Chimboy-5018» va «Do‘stlik-2» navlari sug‘iorishning maqbul muddati, me’yori va suv iste’moli hamda dalaning suv muvozanati aniqlangan hamda mikrogidromodul rayonlarga ajratilgan;

meliorativ mintaqa tuproqlari va gidromodul rayonlashtirish sharoitidan kelib chiqib, avtomorf, yarim gidromorf va gidromorf tuproqlar uchun maqblu sug‘orish tartiblari ishlab chiqilgan;

g‘o‘zani sug‘orishda tuproq havosi osmotik bosimi va uni eritmasi konsentratsiyasi kamayishi, namlikning ortishi aniqlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari ekin maydonlari yangidan mikrogidromodul rayonlashtirish va g‘o‘za navlarini maqbul sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

g‘o‘zaning o‘rta tolali «Chimboy-5018» va «Do‘stlik-2» navlarining maqbul sug‘orish tartibi ishlab chiqilgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l, Chimboy, Kegeyli, Taxtako‘pir va Qorao‘zak tumanlarida jami 19,1 ming gektar maydonga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 01.03.2016 y., 01/04-254-son ma’lumotnomasi). Bunda, sug‘orish suvlari 25-30% ga tejalgan va gektaridan 2,3-3,4 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining sug‘orma dehqonchilik sharoitida suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari ekin maydonlari yangidan mikrogidromodul rayonlariga ajratilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 09.03.2016 y., 01/03-1-82-son ma’lumotnomasi). Bunda, suv iste’molchilari uyushmasiga qarashli fermer xo‘jaliklarining umumiy suv talabidan kelib chiqib, suvdan foydalanish rejasi va loyihalarini mazkur me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish