Nazarov Komil Igamberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tosh-tuproqli to‘g‘onlarning yirik siniq toshli tayanch prizmasi mustahkamligi va deformatsiyasi (To‘palong va Piskom GESlari misolida)”, 05.09.06 – Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T.1228
Ilmiy rahbar: Majidov Inom Urishovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.03/30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Eshev Sobir Samatovich, texnika fanlari doktori, professor; Usmanxadjaev Ilxom Inomovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tabiiy holdagi yirik siniq toshli gruntlarning donadorlik tarkibini modellash usulini, tosh-tuproqli to‘g‘onlarning yirik siniq toshli tayanch prizmasining mustahkamligi va deformatsiyasini eksperimental tadqiq qilish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy holdagi yirik siniq toshli gruntlarning donadorlik tarkibini laboratoriya sharoiti uchun modellash usulini uskunaning minimal o‘lchamlarini hisobga olib takomillashtirilgan;
yirik siniq toshli gruntlarning zichligiga mayda zarralarning (5 mmdan kichik) ta’siri asoslangan;
yirik siniq toshli gruntlarning deformatsiyasini aniqlash usuli laboratoriya sharoitida aniqlashda uskuna devoridagi ishqalanish hisobga olib takomillashtirilgan;
yirik siniq toshli gruntlarning mustahkamligiga ta’sir qiluvchi omillar asoslangan (mayda donalar tarkibi, namlik, fraksiya hajmi va shakli va boshqalar).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tosh-tuproqli to‘g‘onlarning yirik siniq toshli tayanch prizmasining mustahkamligi va deformatsiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takomillashtirilgan yirik siniq toshli gruntlarning donadorlik tarkibini modellash usuli Suriya Arab Respublikasidagi Bradon to‘g‘onida joriy qilingan (Rossiya Federatsiyasi «SOVINTERVOD» YoAJning 2008 yil 12 yanvardagi 03/06-son ma’lumotnomasi). Natijada, laboratoriya sharoitida tajriba o‘tkazish, hisoblash vaqti qisqartirilgan, sodda va qulay modellash usuli yaratilgan hamda tabiiy gruntlarga yaqinlashish, gruntlarning xarakteristikalarni baholash aniqligi ortgan;
yirik siniq toshli gruntlarning zichligiga mayda zarralarning (5 mmdan kichik) ta’siri “Gidroproekt” AJ loyiha instituti tomonidan Piskom, To‘polong va Bradon gruntli to‘g‘onlari loyihasi va qurilishida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O’ZBEKGIDROENERGO” AJning 2019 yil 2 maydagi 03-18/965-son va 2020 yil 2 mart 04-24/693-son ma’lumotnomalari). Natijada, gruntning fil`tratsiya koeffisienti kamayishi ta’minlangan;
yirik siniq toshli gruntlarning deformatsiyasini aniqlashda uskuna devoridagi ishqalanishni hisobga olib takomillashtirilgan usul “Gidroproekt” AJ loyiha instituti tomonidan Piskom va To‘polong to‘g‘onlari loyihasi va qurilishida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O’ZBEKGIDROENERGO” AJning 2019 yil 2 maydagi 03-18/965-son va 2020 yil 2 mart 04-24/693-son ma’lumotnomalari). Natijada, to‘g‘onning xaqiqiy deformatsiyasi aniqlangan, to‘g‘onlarning mustahkamligi va xavfsizligini baholash imkoni yaratilgan;
asoslangan yirik siniq toshli gruntlarning mustahkamligiga ta’sir qiluvchi omillar “Gidroproekt” AJ loyiha instituti tomonidan Piskom, gruntli to‘g‘onining loyihasi va qurilishida joriy etilgan ( “O’ZBEKGIDROENERGO” AJning 2019 yil 2 maydagi 03-18/965-son va 2020 yil 2 mart 04-24/693-son ma’lumotnomalari). Natijada, to‘g‘on qiyaligi burchagining oshishiga, yirik siniq toshli gruntlarning hajmini, qurilishning muddatini va tannarxini kamaytirish imkoniyati yaratilgan.