Hamzaev Abdushukur Xudoyqulovichning
doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning janubida ertagi va ikkihosilli ekinlar sifatida kartoshka o‘stirish texnologiyasi», 06.01.08-o‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Qx134.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, 16.07.2013.Qx/D.24.01.
Rasmiy opponetlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Axmedov Jamolxon Xodjaxanovich, biologiya fanlari doktori; Adilov Maksud Mirvositovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori; Abduraximov Mingjigit Kattabekovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
respublikaning janubiy mintaqalarida kartoshka genofondi nav namunalarini baholash, yuqori va sifatli hosildorlikni, tuganaklarning saqlanuvchanligini hamda tashiluvchanligini ta’minlaydigan ertagi va ikkihosilli ekinlar sifatida kartoshka etishtirishning samarali agrotexnologik tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor respublikamizning janubiy mintaqasi sharoitida kartoshka genofondi nav namunalaridan o‘ta ertagi, ertagi, yangi kovlangan tuganaklaridan qayta ekib ikkihosilli ekinlar sifatida ekishga mosligi, o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, tuganaklarning saqlanuvchanligi hamda tashiluvchanligi bo‘yicha baholangan va istiqbollilari tanlangan;
ertagi kartoshka navlariga qo‘yiladigan talablar, tuganaklarning saqlanuvchanligini hamda tashiluvchanligini baholashning takomillash-tirilgan uslublari ishlab chiqilgan;
o‘ta ertagi va ertagi ekin sifatida kartoshka o‘stirish uchun tabiiy sharoitdan samarali foydalanishga imkon beruvchi erni ekishga tayyorlash muddat va usullari, urug‘liklarni ekish muddatlari, ekishga tayyorlash usullari, ekish chuqurliklari, mul`chalash turlari, sideratsiyadan foydalanish, sug‘orish tartibi va o‘g‘itlash me’yorlari ishlab chiqilgan;
viloyatning tog‘li mintaqalari sharoitiga mos, istiqbolli navlar ajratilib, ularni etishtirishning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan;
janubiy mintaqa sharoitida takroriy va ikkihosilli ekinlar sifatida kartoshkadan yuqori hosildorlikni va urug‘lik materiallar sifatini, tashiluvchanligini hamda saqlanuvchanligi ta’minlaydigan urug‘lik materiallarni olish usullari, qulay ekish muddati, maqbul ekish sxemasi va tup qalinliklari, o‘stiruvchi stimulyatorlar tarkibi, jadal ko‘paytirish usullari, ikkihosilli ekin sifatida etishtirilgan kartoshka hosilini yig‘isholdi palaklarni o‘rishning maqbul muddati va usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy mintaqa sharoitida ertagi va ikkihosilli ekinlar sifatida kartoshka genofondi nav namunalarini o‘rganish hamda o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
kartoshkani ikkihosilli ekin sifatida etishtirish uchun foydalaniladigan o‘stiruvchi stimulyatorlar tarkibi hamda ko‘paytirish usuli bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ikkita ixtiroga patentlari olingan (№ IDP 04837 va № IAP 04698). Bu urug‘likdan va erdan samarali foydalanish hisobiga bir yilda ikki marta kartoshka hosili etishtirish va urug‘lik materiallarni 30-35 % tejash imkonini beradi;
kartoshkaning yangi yaratilgan «Yaroqli-2010» navi O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 03.12.2010 yildagi №310 seleksiya yutug‘iga berilgan guvohnomasi). Ushbu nav o‘ta ertagi, ertagi va ikkihosilli ekinga yaroqliligi, tuganaklarining yaxshi saqlanuvchanligi va tashiluvchanligi bilan ajralib turadi;
ertagi va ikkihosilli ekinlar sifatida kartoshka etishtirish texnologiyasi 2013-2015 yillar davomida Surxondaryo viloyatida jami 636,7 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 11.03.2016 y., 02/09-375/1-son ma’lumotnomasi). Bunda, mavjud texnologiyaga nisbatan tavsiya etilgan navlar va texnologiyani joriy etish evaziga ertagi ekin sifatida etishtirilganda 2,4-4,3 mln., tog‘li sharoitda 1,7-2,9 mln., ikkihosilli ekin sifatida o‘stirilganda 1,1-2,1 mln. so‘m qo‘shimcha daromad olish ta’minlangan.