Isomidinov Azizjon Salomidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kimyo sanoati changli gazlarini tozalashning samarali usul va qurilmalarini yaratish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/T1497.
Ilmiy rahbar: Tojiev Rasuljon Jumaboevich, texnika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Dadaxodjaev Abdulla Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmuxammedov Xabibulla Sa’dullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kimyo sanoati changli gazlarini tozalashning samarali usuli va qurilmasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
changli havoni ho‘l usulda tozalovchi rotor-fil`trli qurilmaning konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan;
qurilmaning gidrodinamik rejimlari ishlab chiqilgan;
fil`trlovchi material aktiv va passiv yuzalarining turli o‘lchamlaridagi gaz tezliklari aniqlangan;
qurilmaning qarshilik koeffisienti fil`trlovchi material aktiv yuzasining turli qiymatlari uchun aniqlangan;
qurilmaga berilayotgan changli havoning tezligi va suyuqlik sarfiga bog‘liq holda gidravlik qarshiliklar aniqlangan;
qurilma gidravlik qarshiligining tozalash samaradorligi va energiya istemoliga ta’siri asoslangan;
matematik rejalashtirish usuli asosida qurilmaning maqbul parametrlari asoslangan;
changli gazlarni tozalashning samarali usuli va qurilmasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rotor-fil`trli qurilmada kam energiya sarflagan holda, yuqori tozalash samaradorligini ta’minlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yaratilgan ho‘l usulda chang tozalash qurilmasi «AMMAFOS-MAXAM» AJda amaliyotga joriy etilgan («O’zkimyosanoat» AJning 2019 yil 5 noyabrdagi 14-6826-son ma’lumotnomasi). Natijada, kimyo sanoatida changli gazlarni tozalashni 99,4%ga chiqarish imkonini bergan;
changli gazlarni tozalash usuli va qurilmasi «Farg’onaazot» AJning AS-72M sexi superfosfat mineral o‘g‘iti ishlab chiqarish bo‘limida o‘g‘it changi va vodorod-ftorid gazini tozalashda joriy etilgan («Farg’onaazot» AJning 2019 yil 19 avgustdagi 37/3909-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘g‘it changini tozalash samaradorligini 4,6%ga, vodorod-ftorid gazini tozalash jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindi suv neytralligini 5,4 pH dan 9,6 pH oshirish hamda tozalash uchun sarflanadigan suyuqlikni 2,5 barobarga kamaytirish imkonini bergan.