Babadjanov Oybek Abdujabbarovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rozatsea paydo bo‘lishining klinik va molekulyar-genetik asoslari», 14.00.11–Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib185.
Ilmiy maslahatchi: Arifov Saidqosim Saydazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Letyaeva Ol`ga Ivanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Vaisov Adhamjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muhammedov Rustam Sultonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homilaning perinatal patologiyasida va gestatsiyani kechish asoratlarining rivojlanishida o‘tkir respirator infeksiyalarning patogenetik o‘rni va ularning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dermatozlarning umumiy va spesifik sintrop xususiyatlari tavsiflangan, rozatsea rivojlanishining genlar tarmog‘ida VDR genlari, VEGFA qon tomir endotelial o‘sish omili hamda yallig‘lanish chaqiruvchi sitokinlar ishtirok etishi hamda ular kasallikning klinik kechishini bashoratlashda muhim o‘rin tutishi isbotlangan;
rozatsea rivojlanishida VDR, TNF–β genlar polimorf variantlari va VEGFA o‘rtasida statistik jihatdan ahamiyatli aloqadorlik mavjudligi hamda ushbu genlarning kasallik klinik shakllariga bog‘liqligi isbotlangan (P>0,05); 
VEGFA geni polimorfizmida C/C genotipi toshma va yiringli toshmalarni yuzaga keltirishi hamda ushbu lokus o‘zbek populyasiyasida rozatsea kelib chiqish ehtimolini oldindan bashoratlash imkonini berishi  isbotlangan;
VEGFA geni poliformizmi, TNF–β geni funksional noxush G/A genotipi hamda rozatsea rivojlanishining H.pyloriga aloqador xavfi o‘rtasida o‘zaro ijobiy bog‘liqlik mavjudligi va bu kasallikni davolash usulini tanlash imkonini berishi isbotlangan;
rozatsea bilan og‘rigan bemorlarni VEGFA, VDR, TNF–α, IL–1β, IL–6 genlar polimorfizmiga bog‘liq holda davolashning yuqori samaradorligi isbotlangan; 
Demodex folliculorum bilan assotsirlangan rozatsea rivojlanishida VDR geni BsmI G>A polimorfizmining muhim ahamiyatga egaligi aniqlanib,. D. folliculorum mavjud bo‘lganda VDR geni G/A geterozigotali genotipi hamda TNF–α geni polimorfizmining G/A genotipi bo‘lgan bemorlarda rozatseaning rivojlanish xavfi ortib borishi asoslangan;  
VEGFA, IL–1β va IL–6 genlar polimorfizmi Demodex folliculorum bor/yo‘qligi bilan assotsiatsiyalanmaganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rozatsea paydo bo‘lishining klinik va molekulyar-genetik  asoslarini tashxislash va davolash taktikasini  takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Rozatseaning yuzaga kelish xavfi genetik markerlarini sinovdan o‘tkazishning metodologik asoslari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 fevraldagi 8n-d/19-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma rozatseaning yuzaga kelish xavfi genetik markerlari orqali kasallikni tashxislash, kelib chiqish sabablarini aniqlash va davolash taktikasiga yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
«Genetik prediktorlarni baholash asosida O‘zbekistonda rozatsea yuzaga kelishining individual xavfini bashoratlash» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 fevraldagi 8n-d/19-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma rozatseaning  etiologik va patogenetik rivojlanishida genetik prediktorlarni baholash orqali kasallik rivojalanish tizimini individul baholash taktikasini ishlab chiqish imkonini bergan;
rozatsea paydo bo‘lishini klinik va molekulyar-genetik  tashxislash va davolash taktikasini  takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika  teri-tanosil kasalliklari shifoxonasi, Jizzax viloyat teri-tanosil dispanseri, Farg‘ona viloyat teri-tanosil dispanseri hamda Toshkent viloyati teri-tanosil dispanseri klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 sentyabrdagi 8n-z/154-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi ushbu kasallikka chalingan bemorlarda kasallikning qaytalanish chastotasini taqqoslash guruhiga nisbatan 1,8 baravar kamaytirish, rozatseani tashxislash va davolash standartlariga molekulyar-genetik tadqiqotlarning kiritilishi adekvat davolash samaradorligini 15% ga oshirish, davolashga ketadigan sarf-xarajatlar miqdorini 1,8 baravar kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish