Xasanova Saida Sabirovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «32 haftadan oldin muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilish tizimi buzilishlarini tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib185.
Ilmiy maslahatchi: Kamilova Altinoy Tursunbaevna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Chuvakova Tamara Kurmangalievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Soatov Talat Soatovich, biologiya fanlari doktori, akademik. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 32 haftadan oldin muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilish tizimining buzilishlarining xususiyatlarini, mexanizmlarini o‘rganish va korreksiyalovchi davoning asoslangan usullarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarning gestatsion yoshi va oziqlantirish turiga bog‘liq holda ichak bo‘shlig‘ida ovqat hazm bo‘lishida pankreatik elastaza fermenti miqdori kamayishi hamda devoroldi hazm qilish turida laktaza fermenti faolligining pasayishi ta’sirida oshqozon-ichak trakti funksional holatining buzilishlari aniqlangan;
ilk bor muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlarda oshqozon-ichak traktining to‘liq etilmaganligi va rivojlanmaganligi natijasida oshqozon shilliq qavatining yupqaligi, ingichka ichak kripta hamda so‘rg‘ichlarida enterotsitlar va qadahsimon hujayralar miqdorining kamligi isbotlangan;
ilk bor muddatiga etmay  tug‘ilgan chaqaloqlarda ichak o‘tkazuvchanligining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lgan fekal zonulin miqdori 7 kunlikda keskin ortib, 14 kunlikda esa nisbatan kamayishi orqali ichak bar`erining sustligi isbotlangan;
muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlarda ichak yallig‘lanish markerlari hamda tizimli yallig‘lanish mediatorlari miqdorining ortishi, ichakda so‘rilish hamda hazm bo‘lish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatib, tana vazni ko‘rsatkichlari dinamikasiga salbiy ta’sir etib o‘zaro nomutanosib bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlarda fekal kal`protektin va zonulin miqdorining ortishi bolalar hayotining birinchi haftasida nekrozlanuvchi enterokolit rivojlanishiga sabab bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
32 haftadan oldin muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilish tizimi buzilishlarini tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Erta gestatsion yoshli muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilish tizimi buzilishlarining xususiyatlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi  8n-d/202-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilish tizimi buzilishlarini erta tashxislash, aniqlangan holatlarni o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga imkon yaratgan;
«Muddatidan ancha avval tug‘ilgan chaqaloqlarda NEK rivojlanishining bashoratlash mezonlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi  8n-d/202-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomasi muddatidan ancha avval tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik entrokolit rivojlanishini bashoratlash, ingichka ichak shilliq qavati atrofiyasi oldini olish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga imkon yaratgan;
muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilish tizimi buzilishlarini tashxislash va davolashning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Xorazm, Farg‘ona, Jizzax va Toshkent viloyatlari perinatal markazlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 6 noyabrdagi 8n-3/180-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tibbiy yordam sifatini oshirgan, tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilish tizimi buzilishlarini kamaytirish, nekrotik enterokolit rivojlanishini bashoratlash va chaqaloqlarda o‘lim ko‘rsatkichini  pasaytirishga imkon yaratgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish