Xallieva Gulnoz Iskandarovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «XX asr rus sharqshunosligida o‘zbek mumtoz adabiyoti tadqiqi» 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha (filologiya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /filologiya fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 12.05.2015 / V 2015.1.Fil 325
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: I.Ch.Haqqulov, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 16.07.2013.Fil.09.01.
Rasmiy opponentlar: M.S.Imomnazarov, filologiya fanlari doktori, professor; D.I.Salohiy, filologiya fanlari doktori, professor; B.N.Karimov, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Sharq qo‘lyozmalari instituti (Sankt-Peterburg)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asr rus sharqshunosligida o‘zbek mumtoz adabiyoti tadqiqini madaniy-adabiy, tarixiy-ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liqlikda qiyosiy jihatdan ochib berish va rus olimlarining adabiy-estetik qarashlarini ob’ektiv baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
rus sharqshunosligida o‘zbek mumtoz adabiyotiga qiziqish va ilmiy yondashuvning shakllanish bosqichlari ilk bor qiyosiy adabiyotshunoslikning yangi yo‘nalishi – mikrokomparativistika metodologiyasi asosida ochib berilgan;
birinchi marta edision tadqiq va badiiy matn tahlili xususiyati ijtimoiy-sinkretik, komparativistik va struktur-semantik yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlar zaminida yoritilgan;
o‘zbek mumtoz shoirlarining dunyo adabiyoti rivoji va takomiliga, sharqona ijtimoiy-adabiy tafakkur, lirik janrlar taraqqiyoti, obraz yaratish va san’atkorlik mahorati kabilar yuzasidan qo‘shgan hissasi haqidagi rus sharqshunoslarining adabiy-estetik qarashlari ilk bor arxiv materiallari bilan asoslangan;
o‘zbek mumtoz adabiyotiga oid chop etilgan va ilmiy doiraga kiritilmagan muayyan manbalarning madaniy-adabiy, ijtimoiy va kommunikativ mohiyati ilk bor madaniyatlararo muloqot va resepsiya rakursida ochib berilgan;
XX asr rus sharqshunosligidagi ayrim tarjima, talqin, taqriz va umumiy nazariy xulosalaridagi faktik-matniy nuqsonlar birinchi marta arxiv manbalari asosida ob’ektiv baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2016 yil 13 maydagi PF-4797-son Farmonida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida tashkil etilgan “Alisher Navoiy va jahon” nomli ekspozisiyada dissertatsiya ilmiy natijalaridan foydalanilgan. Jumladan, Navoiy ijodining rus sharqshunosligida o‘rganilishi bilan bog‘liq muhim arxiv hujjatlari, 152-fond materiallari va dissertantning ilmiy-nazariy qarashlari birinchi marta taqdimot qilingan ( O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2016 yil 26 maydagi 3/1255-723-son ma’lumotnomasi). Ekspozisiyada ilmiy natijaning qo‘llanilishi jahon navoiyshunosligining yangi qirralarini baholash imkonini bergan;
tadqiqot davomida ishlab chiqilgan, asoslangan va takomillashtirilgan metodika va usullar tizimi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyoti institutida bajarilgan FA-F1-GO39 raqamli «Alisher Navoiy» va «Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasining rus sharqshunoslari bilan bog‘liq qismiga tatbiq qilingan. Jumladan, «Alisher Navoiy» qomusidagi M.Nikitskiy, A.N.Samoylovich, E.E.Bertel`s, A.K.Borovkov, S.A.Volin, B.A.Vadeskiy kabi jami rus olimlari haqidagi ma’lumotlar dissertatsiya natijalari asosida yoritilgan (FTK ning 02.03.2016 yildagi № 03-13/138 sonli ma’lumotnomasi). Natijada «Alisher Navoiy» qomusi shoir haqidagi ilm ahliga noma’lum materiallar bilan boyitilgan;
dissertantning tahrir, tahlil, talqin, tarjima, qiyos, baho, edisiya, onlayn poeziya kabi adabiyotlararo muloqot bilan bog‘liq nazariy xulosalari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bajarilgan ITD-1-119 raqamli «O‘zbek adabiyoti antologiya-sini ingliz tiliga tarjima qilish va adabiyotlararo kommunikatsiya muammolari» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasiga joriy qilingan (FTK ning 02.03.2016 yildagi № 03-13/138 sonli ma’lumotnomasi). Taklif qilingan tavsiya va xulosalar adabiyot sohasidagi xalqaro adabiy aloqalar taraqqiyotiga xizmat qilgan.