Elmurodov Bozorboy Aktamovichning
doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buzoq va qo‘zilarning aralash bakterial kasalliklarining patomorfologik diagnostikasi hamda qarshi kurash choralarini ishlab chiqish», 16.00.02-hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /veterianriya fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.V.21.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ibodullaev Fatxullo Ibodullaevich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, 16.07.2013Qx/V25.01.
Rasmiy opponetlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Dilmurodov Nasriddin Babaqulovich, veterinariya fanlari doktori; Ilyasov Aziz Saidmurodovich, biologiya fanlari doktori; Teshaev Shuhrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
chorva hayvonlari orasida keng tarqalgan kolibakterioz, sal`monellyoz va pasterellyoz kasalliklarini aralash holda uchrashini aniqlash, tashxis qo‘yish, davolash hamda oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor respublikamiz qishloq xo‘jaligi hayvonlarida turli xil qo‘zg‘atuvchilarni aralash holda kechishi, tarqalishi, epizootik holati hamda tabiiy sharoitda kasallanishi aniqlangan;
har bir kasallikning klinik belgilari, patologoanatomik va patogistologik o‘zgarishlari hamda bakteriologik tekshirish natijalari aniqlangan;
buzoqlar va qo‘zilarda aralash bakterial kasalliklarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish hamda defferensial diagnostikasi ishlab chiqilgan;
kolibakterioz, salmonellyoz va pasterellyoz kasalliklarini birgalikda, bir vaqtning o‘zida davolash uslubi yaratilgan;
buzoq va qo‘zilarda aralash bakterial (pasterellyoz va diplokokkoz) kasalliklarning oldini olish natijalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chorva hayvonlarining aralash bakterial kasalliklarining patomorfologik diagnostikasi hamda qarshi kurash bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
qishloq xo‘jalik hayvonlarining pasterellyoz kasalligiga qarshi GOA formol vaksina va qo‘ylarning diplokokkozining maxsus profilaktikasi uchun inaktivatsiyalangan ko‘p valentli vaksina ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ikkita ixtiroga patentlar olingan (№IAP 04097 va №IAP 2013 0015);
qishloq xo‘jalik hayvonlarining pasterellyoz kasalligiga qarshi gidrookisalyuminli formol vaksinani va chorva hayvonlarini kolibakterioz, sal`monellyoz hamda pasterellyoz kasalliklariga qarshi giperimmun qon zardobini chorva hayvonlariga qarshi qo‘llash bo‘yicha guvohnoma olingan (Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 03.05.2016 y., №48-4-719-son ma’lumotnomasi);
chorva hayvonlarini kolibakterioz, sal`monellyoz va pasterellyoz kasalliklarini davolash uchun mazkur kasalliklarga qarshi giperimmun qon zardobi, ushbu kasalliklarni oldini oluvchi vaksinalar 2010-2015 yillar davomida Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlari chorvachilik xo‘jaliklarida qo‘llanilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 05.05.2016 y., 02/12-638-son ma’lumotnomasi). Bakterial kasalliklarga patomorfologik tezkor tashxis qo‘yish usuli qo‘llanilishi, davolash va qarshi kurash choralarini yaxshilanishi hisobiga buzoq va qo‘zilarning mazkur kasalliklar bilan zararlanish darajasi 1,5-2,0 martaga kamaygan yillik iqtisodiy samara 122 mln. so‘mni tashkil etgan.