Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘lining
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar asosida yuqori samarali super- va giperplastfikatorlar olish va qo‘llash», 02.00.14 –Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: / katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 18.11.2015/B2015.3-4.T554.
Ilmiy maslahatchi: Djalilov Abdulaxat Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, 16.07.2013.T.08.01.
Rasmiy oppenentlar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Iskandarova Mastura, texnika fanlari doktori, professor; Akbarov Xamdam, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: «Fan va taraqqiyot» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyolar asosida organik super- va giperplastifikatorlar olish texnologiyasini yaratish va ular yordamida sement kompozisiyalari ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polikarboksilatlar va atsetonformal`degid smolasi asosida yangi super- va giperplastifikatorlar olish texnologiyasi yaratilgan;
polikarboksilatlar, poliollar, atsetnoformal`degid smolasi asosida sintez qilingan organik kimyoviy plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalarning fizik-kimyoviy xossalari va tuzilishi aniqlangan;
polikarboksilatlar, poliollar, sellyuloza va kraxmal hosilalari, atsetonformal`degid smolasi asosida olingan plastifikatsiyalovchi qo‘shim-chalarning sement sistemalari fizik-mexanik xossalariga ta’siri aniqlangan;
olingan superplastifikator SDj-1, giperplastifikator va atseton-formaldegid smolasi asosidagi plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar qo‘shilgan sement sistemalarining fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
yaratilgan super- va giperplastifikatorlarning sement kompozisiya-lari olishda qo‘llash texnologiyalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida super - va giperplastifikatorlar olish va ularni sement kompozi-siyalarida qo‘llash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar kimyo sanoati korxonalarida jumladan: «Uskunasozlash servis» MChJ, «Jizzax binokor savdo» MChJ, «Kulama kurilish» MChJ va «Zenatkor-TBB» MChJda joriy qilingan («O‘zkimyosanoat» AJ 2016y. 10 may, 05-1521/M-son ma’lumotnoma). Ushbu natijalarni amaliyotga joriy qilish mos ravishda beton konstruksiyalari uchun ishlatiladigan super - va giperplastifikatorlarning chetdan olib kelinishini kamaytirish, sement-tosh mustaxkamligini oshirish, sement sarfini 10-15% ga kamaytirish imkonini beradi.