Muratova Nigora Djuraevnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi hakida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon miomasini davolash taktikasini tanlashga zamonaviy yondashuvlar», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari)

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim izlanuvchi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Tib10

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot
instituti, 16.07.2013.Tib.18.01.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Levakov Sergey Aleksandrovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripova Tamaraxon Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: «Akademik V.I.Kulakov nomidagi akusherlik, ginekologiya va perinatologiya ilmiy markazi» Federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi)

Dissertatsiya yo‘nalishi:amaliy axamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi. Miomatoz tugunlar har xil turlarining rivojlanishida boshqaruvchan immun mexanizmlar ko‘rsatkichlarini ularning proliferativ faolligiga bog‘liq holda aniqlash va reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon miomasini a’zoni saqlovchi differensial davolash hamda asoratlar profilaktikasi taktikasini takomillashtirishdan iborat. 

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

miomaning proliferativ faolligiga ko‘ra yallig‘lanishga xos va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar disbalansi, endotelial o‘sish omili (VEGF) xususiyatlari aniqlangan;

miomatoz jarayon proliferatsiyasi xavfi, operatsiyadan keyingi davrda esa tugunlarning residivi xavfi darajasini baholash uchun immunologik markerlar aniqlangan;

mioma rivojlanishida transformatsiyalovchi TGF-β2 o‘sish omilining sitotoksik va proapoptotik ta’siri dozaga bog‘liqligi isbotlangan;

dopplerometriyada miomatoz tugunlar qon bilan ta’minlanishi darajasi tugun turini aniqlash va davolash samaradorligini monitoring qilish uchun marker hisoblanishi isbotlangan;

ilk marta miomatoz tugunlar turiga, ayolning yoshiga, reproduktiv funksiyasi holatiga, miomaning klinik belgilari bor-yo‘qligiga bog‘liq holda bachadon miomasini differensiallangan individual davolash usuli taklif qilingan, mioma simptomsiz kechayotgan yosh ayollarda an’anaviy kuzatish taktikasiga qaraganda faol davolash taktikasi samaraliroq ekanligi isbotlangan;

bachadon miomali bemorlarda ularning reproduktiv faoliyatini tiklash uchun agonistlar (a-GnRG) hamda progesteron reseptorlarining selektiv modulya­torlarini qo‘llagan holda a’zoni saqlovchi kompleks davolash usuli ishlab chiqilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon miomasining davolash taktikasini tanlashga zamonaviy yondashuv yuzasidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan: Farg‘ona viloyati perinatal markazi va Andijon viloyati perinatal markazi ginekologik bo‘limlari faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 4 dekabrdagi 8n-3/25-son ma’lumotnomasi). Tekshirish algoritmining amaliyotga joriy etilishi radikal operatsiyalar chastotasini 30% ga kamaytirish, 80% holatda reproduktiv a’zoni saqlash va 36,4% holatda fertillikni tiklash imkoniyatlarini yaratdi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish