Jalilov O‘tkirbek Mamaraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oddiy sachratqi (Cichorium inthybus L.) quruq ekstrakti va kapsula texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01–Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2018.1.PhD/Far25.
Ilmiy rahbar: Qambarov Husan Jahangirovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Hakim Rahmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Sotimov G‘ayrat Baxtiyarovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy sachratqi o‘simligi ildizi va er ustki qismidan quruq ekstrakt texnologiyasini ishlab chiqish hamda «Antidiabet» yig‘masidan gipoglikemik ta’sirga ega kapsula shakldagi BFQ tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy dorivor o‘simlik-sachratqi ildizi va er ustki qismidan biologik faol moddalar majmuasini saqlovchi gipoglikemik va diuretik ta’sirga ega quruq ekstrakt texnologiyasi ishlab chiqilgan va sifati baholangan;
sachratqi o‘simligi quruq ekstrakti asosida kapsula dori turining ilmiy asoslangan tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor «Antidiabet» yig‘masining ilmiy asoslangan tarkibi va undan kapsula shakldagi BFQ texnologiyasi, sifat va miqdoriy tahlil usullari ishlab chiqilgan;
sachratqi o‘simligi quruq ekstrakti, undan olingan kapsula dori turi va «Antidiabet» kapsulalarining sifatini baholash usullari ishlab chiqilgan hamda tarkibidagi inulin modda miqdori aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oddiy sachratqi (Cichorium Inthybus L.) quruq ekstrakti va kapsula texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oddiy sachratqi o‘simligidan quruq ekstraktini olish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan
(№IAP 05980, 2019 y). Natijada xorijdan import qilinadigan diabetga qarshi dori preparatlar o‘rnini bosadigan dori vositasini ishlab chiqish imkonini bergan;
«Antidiabet» yig‘masi asosida tayyorlangan kapsula shaklidagi BFQga texnik shartlar «O‘zstandart» agentligi tomonidan (Ts 26140431-001:2019) va texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan tasdiqlangan (TI 26140431-001:2019). Natijada diabet kasalligining oldini olish va davolash uchun biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan.