Qambarov Xusan Djaxangirovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy dorivor o‘simlik xomashyosi asosida yurak qon-tomir va sedativ ta’sirga ega dori vositalari texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01–Dori texnologiyasi va farmatsevtika ishlarini tashkil etish (farmatsevtika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /farmatsevtika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Far9.

Ilmiy maslahatchi: Azizov Umarxon Muxtarovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti, O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, 16.07.2013.Far.21.01.

Rasmiy oppenentlar: Sagdullaev Baxodir Taxirovich, texnika fanlari doktori; Qorieva Yoqut Saidqosimovna, farmatsevtika fanlari doktori; To‘xtaev Hakim Rahmonovich, farmatsevtika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot nomi: Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish  bosh boshqarmasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy dorivor o‘simliklar kombinatsiyasi asosida yurak qon tomiri tizimiga ta’sir qiluvchi va sedativ ta’sirga ega samarali yangi dori preparatlari tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yurak-qon tomiri tizimiga ta’sir qiluvchi yangi mahalliy «Sharq Tabibi» bal`zami, quruq ekstrakti, tabletkasi va sedativ ta’sirga ega «Fitopassit» qiyomi (siropi), quruq ekstrakti va kapsulasi yangi dori preparatlari yaratilgan;

ilk bor yurak-qon tomir tizimini rag‘batlantiruvchi «Sharq Tabibi» dori vositasining bal`zam va tabletka dori shakllari, hamda sedativ ta’sirga ega «Fitopassit» qiyomi va kapsula dori shakllarining texnologiyalari ishlab chiqilgan;

«Sharq Tabibi» va «Fitopassit» dori shakllarining sifatini nazorat qilish va standartlash usullari aniqlangan;

original dori vositalari «Sharq Tabibi» va «Fitopassit»ning biosamaradorligi «in vitro» va «in vivo» tajribalari asosida aniqlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Yangi dori preparatlarining tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Sharq Tabibi» bal`zami uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (02.07.2004y. № IAP 03324). Ilmiy tadqiqot natijasida olingan tarkib kasalliklari vegetativ-qon tomir distaniyasi kasalliklarini samarali davolash imkonini bergan;

«Fitopassit» sedativ qiyomi (siropi) uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (18.11.2009 y. № IAP 04508). Ilmiy tadqiqot natijasida olingan tarkib nevrostaniya kasalligini samarali davolash imkonini bergan;

«Sharq Tabibi» bal`zami (2002 yil 29 dekabrdagi №02/580/1), quruq ekstrakti (2015 yil 29 maydagi №00136/05/15) va tabletkalari (№21-15), shuningdek «Fitopassit» qiyomi (siropi) (2012 yil 8 iyundagi №12/159/), quruq ekstrakti (2015 yil 14 avgustdagi №00257/08/15) va kapsulasi    (2015 yil 14 avgustdagi №26-15) Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan;

«Sharq Tabibi» bal`zami «Galenika» MChJ korxonasi (FSP 42 Uz-018522199-0538-2012) va «Fitopassit» sedativ qiyomi «O‘zkimyofarm» AJ (VFS 42 Uz-2035-2012) tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Ushbu dori preparatlari o‘xshash ta’sirga ega bo‘lgan chet eldan olib kelinayotgan preparatlarning o‘rnini bosadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish