Tursunova Shoxista Abdupataxovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Donli amarant turlarining introduksiya sharoitlaridagi fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari», 03.00.07–O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/B275.
Ilmiy rahbar: Safarov Karimjon Safarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.53.01. 
Rasmiy opponentlar: Xolliev Asqar Ergashevich, biologiya fanlari doktori; Matniyazova Xilola Xudaybergenovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikki xil ekologik sharoitda don uchun etishtiriladigan amarant turlarining bioekologik, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini ochib berish, etishtirish usullarini takomillashtirish va biomassasidan ratsional foydalanish usullarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent va Xorazm tuproq-iqlim sharoitlarida donli amarant to‘rta turining o‘sishi, rivojlanishi, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari aniqlangan; 
o‘simliklarning ontogenezi mobaynida o‘sish jadalligi, rivojlanishi hamda urug‘ va yashil massa hosildorligi aniqlangan;
o‘simliklar yashil massasi va urug‘larining biokimyoviy tarkibi aniqlangan;
introduksiya sharoitlarida o‘simliklarning suv almashinuvi xususiyatlari ochib berilgan; 
amarant turlarini doni uchun etishtirish va ulardan ratsional foydalanish yo‘llari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Donli amarant turlarini har xil o‘stirish sharoitlaridagi fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
amarant turlari Xorazm viloyatining Urganch tumani “NIHOL” fermer xo‘jaligi dalalarida istiqbolli ekin sifatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 29 oktyabrdagi 021021-3316-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘oriladigan hududlarda asosiy ekin sifatida ekilganida gektaridan 1280 sentner, takroriy ekishda 490 sentner ko‘k massa, doni uchun ekilganida 21,3 sentner urug‘ olish imkonini bergan;
amarant o‘simligining er ustki qismidan MV-QX-A-QX-2018-91 raqamli “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining har xil agrotsenoz sharoitlarida mikrob preparatlaridan foydalanishning ekologik jihatlari” mavzusidagi loyihada mikrob preparatlarining asosini tashkil qilgan miselial zamburug‘larni ko‘paytirish texnologiyasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 29 oktyabrdagi 021021-3316-son ma’lumotnomasi). Natijada mikrob preparatlarining faolligi va samaradorligi nazoratga nisbatan 15–20% ga oshgan va etishtirilgan bug‘doydan 7,1–7,7 sentner qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan;
donli amarantning A.hybridus va A.edulis turlari I-2017-5-20 raqamli “Amaranthaceae oilasiga mansub dorivor o‘simlik mahsulotlaridan biologik faol moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari va bo‘yoqlar ajratish texnologiyasini joriy etish” mavzusidagi loyihada biologik faol moddalar sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 29 oktyabrdagi 021021-3316-son ma’lumotnomasi). Natijada Amaranthaceae oilasiga mansub dorivor o‘simlik mahsulotlaridan biologik faol moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari va bo‘yoqlar ajratish texnologiyalarining samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish