Raximova Diloram Alimovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi hakida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Surunkali o‘pkalangan yurakda o‘ng qorinchaning struktur-funksional holati va neyrogumoral, vegetativ faktorlarning boshqarilishi» (patogenetik va terapevtik xususiyatlari), 14.00.06 – Kardiologiya, 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari)
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 31.03.2016/B2016.1.Tib205
Ilmiy maslaxatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alyavi Anis Lyutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ubaydullaev Abdulla Muxarramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi FA akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, 16.07.2013.Tib.19.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yarmuxamedova Gul`nora Xabibovna, tibbiyot fanlari doktori; Zaxidova Mashxura Ziyamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aralov Ne’mat Ravshanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali o‘pka-yuragida o‘ng qorinchaning remodellanish va neyrogumoral, vegetativ faktorlarning boshqarilishi holatini aniqlash hamda differensial davolash taktikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yurak o‘ng qorincha remodellanishi, klinik kechishining xususiyatlari, neyrogumoral hamda psixovegetativ holat va hayot sifati ko‘rsatkichlarning SOO‘K va BAli bemorlarda bronxoobstruktiv buzilishlar darajasiga bog‘liqligi asoslangan va azot oksidi stabil metabolitlari (SMNO), qonning kislorod bilan saturatsiyasi pasayishi, klinik holatning og‘irlashuvi va SO‘Yu avjlanishini belgilashi aniqlangan;
to‘qima gipoksiyasi sharoitida o‘zgarishga uchragan endoteliy funksiyasi, antioksidant himoya va yurak o‘ng qorinchasi adaptatsiyalangan mexanizmi remodellanish o‘zgarishlarining, engil daraja SOO‘K bo‘lgan bemorlar bilan bronxial astma o‘rta va og‘ir pog‘onasidagi ko‘rsatkichlarining mosligi isbotlangan;
neyrogumoral mexanizmlar va psixovegetativ holat buzilishlari o‘pka arterial gipertenziyasi va O‘Q dilatatsiya/gipertrofiyasi avj olishining og‘irligini belgilovchi asosiy determinantlardan hisoblanishi isbotlangan;
SO‘Yu bo‘lgan bemorlar davolanishini optimallashtirishga yordam beruvchi kompleks terapiyaga davo rejasiga β-blokator (nebivolol) va kalsiy antogonistini (amlodipin) kiritish yondashuvi asoslangan;
davolash rejasiga qo‘shimcha ozonoterapiyani kiritilganda endoteliy funksiyasi holatiga ahamiyatli ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
SOO‘K va bronxial astmada SO‘Yuni erta tashhislash, prognozlash mezonlarini aniqlash va davolashning unumli usullarini qo‘llash sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasi, Toshkent shaxar 1-son klinik shifoxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasi faoliyatiga tadbiq etilgan. (Sog‘likni saqlash vazirligining 2014 yil 17 martdagi 8N-N/7-son va 2016 yil 10 fevraldagi 8N-3/43-son ma’lumotnomalari). Tadqiqot natijalari SO‘Yu bo‘lgan bemorlarda endoteliy disfunksiyasini erta tashhislash va farmakoterapiyasini optimallashtirib, kasallik kechishi, prognozi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.