Elova Nilufar Arashovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekzopolisaxaridlar produsentlari bo‘lgan mahalliy laktobakteriya shtammlarini ajratish va tanlab olish», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B301.
Ilmiy rahbar: Ogay Dar`ya Kisenovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Isxakova Xalida Ilxamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirzaeva Mamlakat Aynakulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekzopolisaxaridlar produsentlari bo‘lgan mahalliy laktobakteriya shtammlarini tanlab olish, ekzopolisaxaridlarning fizik-kimyoviy xossalari va biologik faolligini tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
faol ekzopolisaxarid hosil qiluvchi Lactobacillus plantarum EB-2 shtammi 16S rRNK genini sekvens qilish orqali genetik identifikatsiya qilingan;
ilk bor mahalliy laktobakteriya shtammlarining ekzopolisaxarid sintez qilish xususiyati aniqlangan hamda 5 ta shtamm EPS sintezlash faolligiga ko‘ra L. plantarum EB-2, L. casei CO1, K7/3, K7; L.rhamnosus j.s.2 tanlab olingan:
ilk bor mahalliy laktobakteriya shtammlaridan olingan EPSning fizik-kimyoviy va biologik faolligi aniqlangan;
ozuqa muhiti tarkibi va o‘stirish sharoitlarini optimizatsiyalash yo‘li bilan laktobakteriya shtammlari EPS biosintezi jarayoni intensifikatsiyalangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
EPS-sintezlovchi laktobatsilla shtammlaridan bakterial suspenziya tayyorlanib, ozuqabop ekinlarni siloslash va buzoqlarda dispepsiya kasalligini davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
laktobakteriya shtammlari asosida tayyorlangan “Baktosil” bakterial suspenziyasi Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida va Toshkent viloyati Qibray hamda Zangiota tumanlarining ferma xo‘jaliklarida donli-boshoqli ekinlar senaji va silos tayyorlashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 oktyabrdagi 02/025-3099-son ma’lumotnomasi). Natijada bakterial suspenziya bilan ishlov berib tayyorlangan senaj va silos Fuzarium avlodiga mansub zamburug‘larning xavfli toksinlari va viruslardan holi bo‘lish imkonini bergan;
“Baktosil” preparati Toshkent viloyati Qibray tumanining qoramolchilik va Sirdaryo viloyatining echkichilik ferma xo‘jaligida bedadan senaj tayyorlashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 oktyabrdagi 02/025-3099-son ma’lumotnomasi). Natijada nazorat ko‘rsatkichiga nisbatan qoramollarning kunlik sut miqdori, sutning yog‘lilik miqdorini oshirish imkonini bergan;
mahalliy laktobakteriya shtammlari buzoqlarning dispepsiya kasalligini davolash samaradorligi Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani hamda Qibray tumani fermer xo‘jaliklarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 24 sentyabrdagi 02/23-1401-son ma’lumotnomasi). Natijada dispepsiya bilan kasallangan buzoqlardan diareyaning 2-kunda bartaraf etilishi va umumiy holatining yaxshilanishi imkonini bergan.