Mambetov Qabil Pirniyazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): «I. Yusupov poemalarining janriy xususiyatlari», 10.00.12–Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1PhD/Fil330.
Ilmiy rahbar: Orazimbetov Quo‘anishbay Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Jarimbetov Qurbanbay Kudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Matekeev Seytjan Tajatdinovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shoir I. Yusupovning ijodida poema yaratish maktabining taraqqiyot tamoyillarini aniqlash, shuningdek epik, lirik, liro-epik va liro-dramatik poemalarining janr xususiyatlarini nazariy aniqlash asosida ijodkorning poema yaratishdagi o‘ziga xos badiiy mahorati hamda qoraqalpoq badiiy tafakkuri kontekstida tutgan o‘rnini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpoq adabiyoshunosligida ilk bor I.Yusupov poemalarining janriy xususiyatlari aniqlangan hamda epik, lirik, liro-epik va liro-dramatik xarakterdagi asarlari milliy badiiytafakkur taraqqiyotida yangi bosqich sifatida yuzaga kelganligi dalillangan;
shoirning epik poemalaridagi obrazlar tizimi, syujet va kompozisiya qurishdagi realistik va romantik badiiy uslublar sintezini qo‘llash mahorati mazkur poemalarning janriy xususiyatlarni aniqlashning asosiy mezoni ekanligi  isbotlangan;
shoir poemalaridagi liro-dramatik mazmun va motivlarning uyg‘unlashuvi qoraqalpoq poeziyasida yangi hodisa sifatida ma’no va shakllar sintezi yo‘nalishida liro-epik, liro-romantik va lirik poemalarining janriy sifatlarini ochib bergan va shoir ijodidagi liro-dramatik poemalarining janriy rang-barangligini isbotlagan;
I. Yusupovning xalq og‘zaki ijodidagi afsona va asotirlardan foydalanishdagi mahorati sirlarini ochib berish va poemalar shakllanishida mazkur usullarning vazifalari shoir poemalaridagi mifik va realistik tasvirlash usullari hamda asardagi tasvirlangan voqea va hodisalarning badiiy-estetik ta’sirchanligi an’anaviylik va badiiy mahorat nuqtai nazaridan ochib berilgan;
shoir poemalarida lirik va epik unsurlarning sintezlangan tarzda tasvirlanishi ijodkorning syujet va kompozisiyani tashkil etishdagi, qahramon obrazini yaratishdagi badiiy-adabiy mahorati adibning poema ijod qilishdagi o‘ziga xos an’anasi va tipologik  tabiati asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
I. Yusupov poemalarining janriy xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida: I. Yusupovning xalq og‘zaki ijodidagi afsona va asotirlardan foydalanishdagi mahorati sirlarini ochib berish va poemalar shakllanishida mazkur usullarning vazifalari shoir poemalaridagi mifik va realistik tasvirlash usullaridan Berdaq fondi tomonidan bajarilgan «Donolarni izlar edim» (2016–2017) va «Tarix – chuqur ildiz otgan daraxt» (2018) mavzusidagi ilmiy loyihalarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 2-04/1960-ma’lumotnomasi). Shoir poemalarida lirik va epik unsurlarning sintezlangan tarzda tasvirlanishi ijodkorning syujet va kompozisiyani tashkil etishdagi, qahramon obrazini yaratishdagi badiiy-adabiy mahorati adibning poema ijod qilishdagi o‘ziga xos an’anasi va tipologik  tabiati asosida isbotlangan ilmiy tadqiqot materiallari I. Yusupov ijodiyotining poetik xususiyatlarini ochib berishga imkon yaratgan;
shoir poemalarining badiiy xususiyatlari, janriy o‘ziga xosligi, ularning tarbiyaviy ahamiyati, lirik, epik, liro-epik, liro-dramatik qahramonlar obrazini yaratish masalalari Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasining 2017 yil 25 dekabrdagi 118-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh yozuvchilar poemalarida lirik va epik unsurlarning sintezlangan tarzda tasvirlanishi ijodkorning syujet va kompozisiyani tashkil etishdagi, qahramon obrazini yaratishdagi badiiy-adabiy mahoratlarining oshishiga asos bo‘lgan;
I.Yusupov poemalarining janriy xususiyatlarini tadqiq etish yuzasidan olingan xulosalarning yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatiga doir ilmiy-nazariy qarashlar «Qoraqalpog‘iston» teleradiokompaniyasining «Assalomu alaykum, Qoraqalpog‘iston!», «Erkin fikr», «Gavhar so‘zlar», «Yodnoma», «Adabiyot va davr» madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvlari ssenariylarida foydalanilgan («Qaraqalpaqstan» teleradiokompaniyasining 2017 yil 7 dekabrdagi 01-02/514-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar adibning poema yaratishdagi o‘ziga xos yo‘li va ijodiy mahoratini o‘rganish orqali shaxsning badiiy adabiyotdagi tutgan o‘rni hamda poetik talqinining madaniy-ma’rifiy taraqqiyotdagi rolini ochib berish imkonini bergan;
I.Yusupovning epik, lirik, liro-epik, liro-dramatik poema yaratishdagi o‘ziga xosligini yoritishga oid xulosalar va shoir poemalaridagi mifik va realistik tasvirlash usullarini o‘rganish orqali asardagi tasvirlangan voqea va hodisalarning badiiy-estetik ta’sirchanligi masalasi Nukus shahridagi I.Yusupov nomidagi maktab-internat amaliyotiga tatbiq etilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 29 apreldagi 02-01/1-240-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda shoirning poema yaratish maktabi, mahorati va poemalarining janriy sifatlari haqidagi tasavvurlarni takomillashtirishga xizmat qilgan va mazkur xulosalar asar syujeti va kompozisiyasi, obraz va xarakter yaratish mahoratini belgilashda muhim nazariy-amaliy omil sifatida qayd qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish