Aminov Xabibulla Djalalitdinovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Bolalardagi simptomatik epilepsiyada nur tadqiqot usullarining tashxisiy ahamiyati», 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim izlanuvchi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib439
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ikramov Adxam Il`xamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, 16.07.2013.Tib.20.01.
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Luk`yanchenko Aleksandr Borisovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: «Akademik I.P. Pavlov nomidagi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti» federal davlat byudjet tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Bolalik davridagi simptomatik epilepsiyani tashxislashni neyrovizualizatsiya usullari yordamida takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor me’yorda yoshga doir xolda bosh miya fraksion anizotropiya va o‘rtacha diffuzion layoqat ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi;
simptomatik epilepsiyali bolalarda odatiy MRT protokolining imkoniyatlari va etiologik omilga bog‘liq ravishda bosh miyada patologik o‘zgarishlar topilishining uchrash chastotasi aniqlangan;
simptomatik epilepsiyali bolalarda EEGdagi turli funksional o‘zgarishlar bilan MRTda bosh miya yarim sharlaridagi mikrostruktur o‘zgarishlarning o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
simptomatik epilepsiyali bolalarda diffuzion o‘lchangan ketma-ketlik natijalarini qayta ishlash usuli ishlab chiqilgan va o‘tkazuvchi yo‘llar shikastlanishi og‘irlik darajasini baholash imkonini beruvchi fraksion anizotropiya koeffisenti va o‘rtacha diffuzion qobiliyat ko‘rsatkichlari aniqlangan;
simptomatik epilepsiyali bolalarda MR-spektroskopiya usulining tashxisiy ahamiyati isbotlangan, uni bosh miyadagi metabolik jarayonlarni sifatiy va mikdoriy o‘zgarishlarini va anatomik joylashuvini belgilash imkonini berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalardagi simptomatik epilepsiyani tashxisini mukammallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar «Simptomatik epilepsiyali bolalarda MRT tashxisini diffuzion o‘lchamdagi ketma-ketlikni qo‘llash orqali takomillashtirish» uslubiy tavsiyanomasi asosida sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan shifoxonasi va Toshkent shahar 3-klinik shifoxonasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 27 iyuldagi №8n-g/43-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar simptomatik epilepsiyali bolalarda tashxis sifatini oshirish, davolash taktikasini tanlash, kasallik remissiyasini 2,5 marta uzaytirish, bemor bolalarni kasalxonaga joylashtirilishini yiliga 1,4 marta kamaytirish, davolash sarf xarajatlarini 2 marotaba kamaytirish imkonini bergan.