Ubaydullaeva Zebiniso Alisherovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Pnevmoniya bilan kasallangan bolalarda sefalosporin qatori antibiotiklaridan oqilona foydalanishga farmakoiqtisodiy yondashuv», 15.00.01–Dori texnologiyasi va farmatsevtika ishlarini tashkil etish (farmatsevtika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Far2.

Ilmiy maslahatchi: Zaynutdinov Xikmatilla Sunnatovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, 16.07.2013.Far.21.01.

Rasmiy oppenentlar: Asadov Sa’dulla Ismatovich, farmatsevtika fanlari doktori; Trostyanskiy Dmitriy Valer`evich, iqtisodiyot fanlari doktori; Djubatova Roza Spanovna, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot nomi: Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda pnevmoniyani intensiv davolash bosqichida sefalosporin qatoridagi antibiotiklardan foydalanish samaradorligini farmakoiqtisodiy baholashning nazariy-uslubiy asoslarini takomillashtirish va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

dori-darmonlar bilan davolashning farmakoiqtisodiy usullarini baxolash, medikamentoz davolashning al`ternativ variantlarini va ularni baxolash mezonlarini samaradorligini aniqlashning asosiy prinsiplari asoslangan va shakllantirilgan;

bolalarda pnevmoniyani davolash uchun antibiotiklardan oqilona foydalanishni farmakoiqtisodiy baholash metodikasi ishlab chiqilgan;

dori-darmon preparatlari bozorida transaksiya xarajatlari tahlilini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;

sog‘liqni saqlash milliy mezonlariga tatbiqan HTA metodologiyasi takomillashtirilgan hamda pnevmoniya bilan kasallangan bolalarni davolash xarajatlarining samaradorligini farmakoiqtisodiy baholash asoslangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

dori-darmonlar bilan davolashni farmakoiqtisodiy baholash, dori-darmonlar bilan davolashning muqobil variantlari va ular samaradorligini baholash mezonlarini aniqlashning asosiy prinsiplari va usullaridan Sog‘liqni saqlash vazirligining 2013 yil 6may  234-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Dori vositalaridan oqilona foydalanish” uslubiy tavsiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan. Bu tibbiyot tashkilotlariga insonlar salomatligining o‘zgarishini prognoz qilish, davolash xarajatlarini qisqartirish barobarida uning sifatini oshirgan holda bir vaqtda insonlarga samaraliroq yordam ko‘rsatish imkonini bergan;

bolalarda pnevmoniyani davolashda antibiotiklardan oqilona foydalanishni farmakoiqtisodiy baholash metodikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2013 yil 27dekabr` 443-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Voyaga etmagan bolalar uchun dori vositalarining asosiy ro‘yxatini tayyorlashda foydalanilgan. Respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot pediatriya markazi va Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik amaliyotiga joriy etilishi dori-darmon preparatlari bozorini baholash va bolalarda pnevmoniyani davolash uchun eng maqbul sxemani aniqlash imkonini bergan. Natijada kasallarning statsionarda bo‘lish muddatlari va ularda asoratlar paydo bo‘lishi xavfi qisqargan;

tibbiy texnologiyalarni baholashning sog‘liqni saqlash milliy mezonlariga muvofiq takomillashtirilgan metodologiyasi (HTA) pnevmoniya bilan kasallangan bolalarni davolash xarajatlarining samaradorligini farmakoiqtisodiy tahlil qilish instrumentariysi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 18 sentyabr` 8-N-r/304-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Yosh bolalarda shifoxonaga bog‘liq bo‘lgan pnevmoniyani davolashga zamonaviy yondashuvlar” uslubiy tavsiyalarda foydalanilgan. Dissertatsiya tadqiqotining tavsiyalari asosida Respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot pediatriya markazi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va viloyat, shahar ko‘p tarmoqli bolalar kasalxonalari uchun formulyarlar yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish