Seomashko Natal`ya Evgen`evnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Biologik faol moddalar skriningi va monoklonal antitanalar olish uchun hujayra kul`turalaridan (normal va xatarli transformatsiyalangan) foydalanish», 02.00.10–Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: / Guvoxnoma, LA №0000614/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.V69.

Ilmiy maslahatchi: Azimova Shaxnoz Sadikovna, biologiya fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, 16.07.2013.K/B/T.13.01.

Rasmiy oppenentlar: Axunov Ali Axunovich, biologiya fanlar doktori, professor; Dalimova Surayyo Nugmanovna, biologiya fanlar doktori, professor; Saitmuratova Ogiljon Xudaybergenovna, biologiya fanlar doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi normal hujayralarga kam zaharli bo‘lib, o‘sma hujayralari o‘sishini ingibirlovchi, o‘sma hujayralariga ta’sir qilmagan holda normal hujayralar o‘sishini tezlatuvchi sitotoksik birikmalarni aniqlash hamda rekombinant eritropoetinga qarshi monoklonal antitanalarni sintez qiluvchi gibrid hujayralarini (gibridomalar) olishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bir qator biologik faol birikmalar va ekstraktlarning yangi farmakologik faolliklari aniqlangan;

Convolvulus turkum o‘simliklari, Vinca major va Arundo donax o‘simliklaridan, hamda Vinca turkumi o‘simliklarida parazit yashovchi endofit-zamburug‘lardan olingan ekstraktlar o‘sma xujayralariga selektiv sitotoksik faollikka egaligi isbotlangan;

Convolvulus turkum o‘simliklaridan olinadigan konvol`vin alkaloidining hosilasi bo‘lgan hiqildoq o‘smasi hujayralari o‘sishini ingibirlab, ayni vaqtda bachadon va sut bezlari o‘sma hujayralari o‘sishini ingibirlamaydigan hamda normal hujayralarga qarshi past sitotoksiklik namoyon qiluvchi, tanlab ta’sir qiluvchi birikma – N-benzil konvol`vin aniqlangan;

o‘sma hujayralari o‘sishini selektiv ingibirlaydigan birikmalar – n-Cl-atsetilfenilsirka kislota, n-Cl-fenoksisirka kislota va fenilgidrazon norfluorokurarin yodmetilati aniqlangan;

xlorsaqlovchi alkaloidlar, xususan konvol`vin va vinkanin hosilalari tanlamay ta’sir qiluvchi yuqori sitotoksik faolligi Sisplatin  preparatiga teng darajada ta’sir qilishi aniqlangan;

mezenximal hujayralar kul`turalarini olish uslubi ishlab chiqilgan;

ekdisteron fitoekdisteroidi teri hujayralari - fibroblastlar va keratinotsitlar proliferatsiyasini oshirishi hamda hiqildoq, sut bezlari va bachadon o‘sma hujayralarini proliferatsiyasini chaqirmasligi aniqlangan;

ekdisteron allofibroblastlar bilan birgalikda autoepidermotsitlar proliferatsiyasi va to‘qima epitelizatsiyasini ortishiga olib kelishi isbotlangan, bu esa kuygan yaralarni davolashda ularni qo‘llash mumkinligi ko‘rsatilgan;

rekombinant eritropoetinga qarshi monoklonal antitanalar hosil qiluvchi gibridoma-produsentlar olingan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Biologik faol birikmalarni sitotoksikligini aniqlash uchun o‘tkazilgan skrining va monoklonal antitanalar olinishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

gibrid hujayralarining istiqbolli ikkita subkloni ajratib olingan va unga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 02943, 16.12.2002 y.). Ilmiy tadqiqot natijasida reokmbinant eritropoetinga qarshi monoklonal antitanalar olingan;

N-benzil konvol`vin alkaloidining yangi biologik xossasi aniqlangan va ixtiroga patenti bilan himoya qilingan (№ IAP 04965, 16.02.2012 y.). Ilmiy tadqiqot natijasidaushbu birikma normal hujayralarga sitotoksik ta’sir qilmaganligi uchun hiqildoq o‘sma hujayralari o‘sishini selektiv ingibitori sifatida tavsiya qilingan.

«O‘zstandart» agentligidan davlatlararo standartiga muvofiq keluvchi tibbiyot jihozlari va dorivor vositalarning sitotoksikligini aniqlash uchun Sinov markaziga akkreditatsiya guvohnomasi (№UZ.AMT.07.MAI.220) olingan.

«Dorivor vositalar, tibbiy jihozlari, kosmetik vositalar, kimyoviybirikmalar, pestisidlar va veterinariya vositalari sitotoksikligini baholash» uslubiy ko‘rsatma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, № 8N-R/18, 02.03.2016 y.).

Yangiliklarga obuna bo‘lish