Kurambaev Sherzod Raimberganovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kimyo sanoati qurilmalarini zang va texnogen iflosliklardan tozalovchi vositalar olish texnologiyasi», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/T10.
Ilmiy maslahatchi: Jumaniyazov Maxsud Jabbievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01. 
Rasmiy opponentlar: Tadjiev Sayfiddin Muxitdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Normurodov Tulkin Isomurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xamdamova Shoxida Sherzodovna, texnika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar, sanoat chiqindilari asosida kimyo sanoati qurilmalarini zang va texnogen iflosliklardan tozalovchi vositalar olishning resurstejamkor texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi avlod zang modifikatorlari yaratishni ilmiy asoslashda ekstraksion fosfat kislotasi, furfuril spirti, geksametilentetramindan iborat politermik sistemalarning eruvchanlik diagrammasi va komponentlar o‘zaro ta’sirlashishidan 4 ta yangi birikmalar (SN2)6N4•N3RO4•4N2O, (SN2)6N4•N3RO4•2N2O, (SN2)6N4•N3RO4, (SN2)6N4•S5N6O2  ajratib olingan va ularning tarkibi indentifikatsiya qilingan; 
yangi avlod texnik yuvuvchi vositalar olishda mahalliy xomashyolar va texnogen resurlar asosida quyidagi nisbatlar optimal tarkibligi, ya’ni soapstok – 35,5–38,5%, uniflok – 0,33–0,40%, kaprolaktam ishlab chiqarish chiqindisi-soda sul`fatli aralashma – 26,5–30,0%, natriypolifosfat 0,7%, suv–30,4% komponentlar nisbati va jarayonni olib borishning texnologik parametrlari aniqlangan;
tarkibida Sa2+, Mg2+, Fe2+kationlar va SO42-, CO32-, SiO32- anionlari bo‘lgan quyqa qatlamlarni tozalash uchun yangi tarkib, ya’ni sul`fat kislotadan 18–20,5%, kaliybixromat 1–2%, uratropin 1–2% va natriy polifosfatdan 0,2–0,3% bo‘lgan miqdori optimal ekanligi isbotlangan;
ekstraksion fosfat kislotasi, furfuril spirti, geksametilentetramin,  gidroliz lignini asosida yangi avlod zang modifikatorlari olishning maqbul tarkiblari, komponentlar nisbati hamda jarayonni olib borishning texnologik tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kimyo sanoati qurilmalarini zang va texnogen iflosliklardan tozalovchi vositalar olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tezkor fosfatlash va quritish uchun zangga qarshi tarkib olishga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№ IAP 04551, 2012 y.). Natijada fosfat kislotasi, gidroliz sanoati ikkilamchi xomashyolari, vermikulit, kislota ingibitorlari asosida zangga qarshi tarkib olish imkonini bergan;
zangni qayta o‘zgartiruvchi tarkibga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№ IAP 04552, 2012 y.). Natijada fosfat kislotasi, furfuril spirti, uratropin va gidroliz lignini asosida yangi tarkibdagi zang o‘zgartiruvchi vosita olish imkonini bergan; 
zangni o‘zgartiruvchi modifikator olishning texnologik shartlari «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 22518677-03:2016). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati, texnologik jarayonini nazorat qilish va ushbu kompaundlarni sotish imkonini bergan;
zang modifikatorlarini ishlab chiqarish texnologiyasi «Maxam-Chirchiq» AJda amaliyotga joriy etilgan (“Uzkimyosanoat” AJning 2019 yil 6 sentyabrdagi 03-5394-son ma’lumotnomasi). Natijada import zang modifikatorlarining o‘rnini bosadigan arzon tannarxli mahalliy mahsulotlarga almashtirish imkonini bergan;
ekstraksion fosfat kislotasi, furfuril spirti, gidroliz lignini, geksametilentetramin va vermikulit asosida zang modifikatorlarini olish texnologiyasi «Maxam-Chirchiq» AJning “Amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Uzkimyosanoat” AJning 2019 yil 6 sentyabrdagi 03-5394-son ma’lumotnomasi). Natijada issiqlik almashinish qurilmalari quvurlari orasidagi smolasimon birikmalar, keramik changlardan 90–95%ga tozalash va energiyani tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish