Qurbonova Lola Abdulxadimovnaning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Antropologiya va elitologiya o‘zaro munosabatlarining falsafiy metodologik xususiyatlari», 09.00.01–Ontologiya gnoseologiya va logika (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Fa124.
Ilmiy maslahatchi: Shermuxamedova Niginaxon Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Tulenova Karima Jondorovna, falsafa fanlari doktori, professor; Qo‘shoqov Shuxrat, falsafa fanlari doktori, professor; Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: insonning ijtimoiylashuvi jarayonida barkamollikning elitar ongdagi ifodasi, elita, elitologiya, elitarizmning o‘zaro aloqasi va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson tabiatidagi individuallashuv va elitarlashuv jarayonining fizik, kimyoviy, biologik va neyropsixologik xossalar bilan bog‘liqligi onto-gnoseologik ta’limotlarning tahlillari asosida falsafiy jihatdan ochib berilgan;
inson kapitali – ma’naviy, madaniy tarbiya va ta’lim jarayonida to‘planishi, bugun ta’limga safrlangan sarmoyalar, kelajakda o‘z bilimlarini shaxsiy va jamiyat manfaati uchun foydalanishga qodir bo‘lgan barkamol insonni shakllantirish omili ekanligi asoslangan;
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish uchun pedagogik elitaning shaxsiy majburiyati va mas’uliyatini kuchaytirish zarurati, xususiy ta’limni tizimli tashkil etishning ob’ektiv va sub’ektiv imkoniyatlari ochib berilgan;
ong elitologiyasining individual xarakteri va milliy ruhi yoshlar intellektual elitasi ijodiy imkoniyatlarining epistemologik mezoni ekanligi asoslangan;
siyosiy mentalitet, ijtimoiy jarayonlar, antropoelitologik kategoriyalar (elita, lider, daho, elitarizm, egalitarizm)ning komil inson g‘oyasi bilan mutanosibligi elitar madaniyat va elitar ta’limni takomillashtirish omili ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Antropologiya va elitologiya o‘zaro munosabatlarining falsafiy–metodologik xususiyatlari tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
inson tabiatidagi individuallashuv va elitarlashuv jarayonining fizik, kimyoviy, biologik va neyropsixologik xossalar bilan bog‘liqligiga oid onto gnoseologik ta’limotlarning tahlillari  Falsafa (qo‘llash sohasi) magistratura mutaxassislari uchun nashr etilgan «Inson falsafasi» (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-sonli buyrug‘i) darsligining «Inson mavjudligining tabiiy va ijtimoiy asoslari»; inson kapitali kelajakda o‘z bilimlarini shaxsiy va jamiyat manfaati uchun foydalanishga qodir bo‘lgan barkamol insonni shakllantirish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalardan ushbu darslikning «Sivilizatsiyalar o‘zgarishi davrida inson» mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 6 mart 89 03 942-son ma’lumotnomasi). Natijalar falsafiy antropologiyaning o‘zagini inson tashkil etishi, ichki mexanik harakat, issiqlik va elektr energiyasi, fizik kimyoviy va tabiiy qonuniyatlar inson ontologiyasining  mohiyati ekanligi haqidagi ilmiy xulosalarda o‘z ifodasini topgan;
inson kapitali kelajakda o‘z bilimlarini shaxsiy va jamiyat manfaati uchun foydalanishga qodir bo‘lgan barkamol insonni shakllantirishga yo‘nalganligiga oid manbalardan Tojikiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining antropologiya Markazi ilmiy izlanishlarida foydalanilgan (Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasining antropologiya markazining 2018 yil 15 martdagi 3409/26 1-son ma’lumotnomasi). Natijada elitar ong va elitar shaxsni shakllantirish uchun ta’limga maqsadli sarmoyalarning sarflanishi zarurligini namoyon etgan;
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish uchun pedagogik elitaning shaxsiy majburiyati va mas’uliyatini oshirishning zarurati, xususiy ta’limni tizimli  tashkil etishning ob’ektiv va sub’ektiv imkoniyatlariga oid  taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida olib borilgan F1-067+F1 089 raqamli «Davlat hokimiyati va boshqaruvni demokratlashtirishning nazariy-metodologik masalalari» mavzusidagi fundamental loyiha doirasida boshqaruv kadrlarni tayyorlashga layoqatli bo‘lgan pedagogik elitani tarbiyalash bo‘yicha ilgari surilgan g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 10 martdagi FTK-0313/269-son ma’lumotnomasi). Natijada boshqaruv elitasining ma’naviyati ta’lim tizimi sifati va samaradorligini oshirish omili ekanligi haqidagi tasavvurlarning takomillashishiga xizmat qilgan;
ong elitologiyasining individual xarakteri va milliy ruhi, yoshlar intellektual elitasi ijodiy imkoniyatlarining epistemologik mezoni ekanligiga doir taklif va tavsiyalar, yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, egallangan bilim evaziga ularning elitarlashuviga oid takliflardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yil ish rejasining 32 bandi «Ma’naviy qadriyatlar urf odatlarimiz hamda milliy tarbiyamiz an’analarini keng targ‘ib qilish», 5 «Mafkuraviy immunitet» bandining ijrosini ta’minlash uchun aholi o‘rtasida “Vatanga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash fazilatlarini shakllantirish” mavzusida tashkil etilgan seminar-treninglarning targ‘ibot materiali sifatida amaliyotda qo‘llanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yil 28 noyabrdagi 02/03 1162-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining turli ijtimoiy qatlamlari vakillari, ayniqsa yoshlarda «Liderlik»ka intilishning ijobiy va salbiy jihatlarini aniqlash va ularda to‘g‘ri yo‘l tanlash imkoniyati, urf-odat va milliy tarbiya an’analarini targ‘ib qilish, mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirishga xizmat qilgan;
siyosiy mentalitet, ijtimoiy jarayonlar, antropo elitologik kategoriyalari (elita, lider, daho, elitarizm, egalitarizm)ning komil inson g‘oyasi bilan mutanosibligi elitar madaniyat va elitar ta’limni takomillashtirish omili ekanligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati   O‘zbekiston liberal demokratik partiyasining «Oilaviy tadbirkorlikdan mustahkam oilaga», «Ayollar innovatsion rivojlanish tarafdori», «Durdona» mavzularda yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda, aholining ma’naviy madaniyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan amaliy faoliyatda keng foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati   O‘zbekiston liberel demokratik partiyasining 2018 yil 17 yanvardagi 01 27/42-son ma’lumotnomasi). Natija jamiyatni isloh etish, modernizatsiyalash jarayonida milliy va diniy qadriyatlarni rivojlantirish, milliy davlatchilik tarixini tadqiq etish, jamiyat a’zolarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda namoyon bo‘lgan;
yoshlar ijodiy imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar intellektual elitasi ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga oid tavsiyalardan «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat unitar korxonasi «Axborot», «Tahlilnoma» informatsion tahliliy ko‘rsatuvlarining «Demokratik islohotlar natijasida mamlakatimizda intellektual salohiyat, bilim, ma’naviyat va ma’rifat kabi qadriyatlarni rivojlantirish» (27 aprel` 2015 yil, «Axborot» informatsion ko‘rsatuvi), «Ilmiy-intellektual elitaning ijtimoiy va professional mas’uliyatini oshirish, dunyo intellektual elitasi ijodiy hamkorligiga tayanish, global makonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashning ilmiy-strategik yo‘nalishi» (17 sentyabr` 2016 yil, «Axborot» informatsion ko‘rsatuvi), «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72 sessiyasida yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqish to‘g‘risida»gi (24 sentyabrm 2017 yil, «Tahlilnoma») mavzular ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2017 yil 8 noyabrdagi 05-15/4646-son ma’lumotnomasi). Natijada inson faoliyatining yaratuvchanlik va insonparvarlik jihatlarini yoritish imkonini bergan va amaliy tadbirlarning yuqori saviyada o‘tkazilganligiga nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish