Ashurova Dilfuza Tashpulatovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zbekiston Respublikasi regionlarida besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari», 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari)

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi /.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib388.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Axmedova Dilorom Il`xamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, 16.07.2013.Tib.18.01.

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Shamsiev F.M., tibbiyot fanlari doktori, professor; Dolgov V.V., tibbiyot fanlari doktori; Karimdjanov I.A., tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: «Akademik I.P. Pavlov nomidagi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti» federal davlat byudjet tashkiloti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning jismoniy rivojlanish xususiyatlarini xamda ular orasida ovqatlanishni yaxshilashga doir dasturlarni zamonoviy tashkiliy-uslubiy yondashuvi asosida aniqlash va yaxshilashdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

JSST tavsiya etgan yangi standartlar asosida besh yoshgacha bo‘lgan bolalar jismoniy rivojlanishi ko‘rsatkichlari (uzunligi/bo‘yi, vazni, tana vazni indeksi), dinamik o‘sishi qonuniyatlari, shuningdek, bolalar ovqatlanish buzilish shakllarini monitoringini baholash;

bolalar ovqatlanishi, o‘sishi va rivojlanishidagi buzilishlarga olib  keluvchi omillar (tug‘ilgandagi kam vaznlik, ko‘krak suti bilan emizishdagi, ayniqsa ilk 6 oygacha istisnosli ko‘krak suti bilan emizishdagi kamchiklari, hayotiy muxim mikronutrientlarni tanqisligi, kasallanish, atrof-muhit) ta’siri aniqlangan;

kam vaznda tug‘ilgan chaqaloqlar gormonal adaptatsiyasi hamda asosiy kasalliklari (bronxobstruktiv sindrom, zotiljam) ovqatlanish buzilishlari bo‘lgan bolalarda immunologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;

respublikada bolalar jismoniy va intellektual rivojlanishi me’yorini ta’minlovchi hayotiy muhim mikronutrientlar (temir moddasi va A vitamini) tanqisligi profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar samaradorligi baholangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Beshyoshgacha bo‘lgan bolalarningjismoniy rivojlanish xususiyatlarini xamda ular orasida ovqatlanishni yaxshilashga doir dasturlarni zamonoviy tashkiliy-uslubiy yondashuvi asosida qilingan izlanishlardagi olingan ilmiy natijalar  “Besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘sishi va rivojlanishi”  metodik qo‘llanma asosida sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot pediatriya instituti klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, xududlardagi Qishloq vrachlar punktlari (QVP), oilaviy poliklinikalar, markaziy tuman/shaxar ko‘p tarmoqli poliklinikalar faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni Saqlash vazirligining 2016 yil 7 yanvardagi 8NZ/32-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida tegishli tibbiyg‘tashkiliy chora-tadbirlarni maqsadli tashkil qilinishi natijasida bolalarni Qishloq vrachlar punktlariga murojaat qilishi 1,8 martaga va gospitalizatsiya chastotasining kamayishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish