Majidova Nargiza Kaxramonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moylar katalizatorlarining yangi avlodlarida gidrogenlash texnologiyasini rivojlantirishning ilmiy asoslarini takomillashtirish», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc /T119.
Ilmiy maslahatchi: Kadirov Yuldashxon Kadirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Tillaeva Gulnora Urinbaevna, texnika fanlari doktori, professor; Axmedova Zaxro Raxmatovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «O‘zyog‘moysanoat korxonalari» uyushmasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: moylar katalizatorlarining yangi avlodlarida paxta moyining gidrogenlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta moyini xomashyo manbai sifatida gidrogenlashning texnologik jarayoniga tayyorlash usuli ishlab chiqilgan;
paxta moyini gidrogenlash uchun katalizatorlarning yangi avlodlari yaratilgan;
yangi avlod katalizatorlarida paxta moyini gidrogenlashning asosiy ilmiy va amaliy o‘zgarishlari aniqlangan;
paxta moyini gidrogenlash natijasida yuqori qattiqlikdagi oziq-ovqat yog‘larining yuqori sifati va oziq-ovqat xavfsizligi aniqlangan;
yog‘lar va ularni qayta ishlash mahsulotlarining sifati va oziq-ovqat xavfsizligi oshishini, ular tarkibidagi trans-izomerlangan yog‘ kislotalari miqdorining pasayishini ta’minlovchi yog‘ kislota atsillari taqsimlanishi aniqlangan;
margarin mahsulotlari va yuqori qattiqlikdagi qandolatchilik yog‘lari ishlab chiqarish uchun paxta moyini katalitik gidrogenlash mahsulotlari yaratilgan;
katalitik gidrogenlangan yog‘larning yangi turlari asosida margarin mahsulotlari tarkibi va olish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moylar katalizatorlarining yangi avlodlarida gidrogenlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uchgliseridlar aralashmasini pereeterifikatsiyalash usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAR 20150174, 2016 y.). Natijada yog‘ tarkibidagi uchgliseridlar aralashmasini pereeterifikatsiyalash imkonini bergan;
o‘simlik moylari va yog‘larni gidrogenlash katalizatorlariga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAR 20170098, 2017 y.). Natijada o‘simlik moylari va yog‘larni gidrogenlash katalizatorlarini mahalliy xomashyolar asosida olish imkonini bergan;
nikel-mis-alyuminiy qotishmali turg‘un katalizatorlarning tarkibiga rodiy, vanadiy, ruteniy, paladiy, reniy, germaniy va qalay qo‘shimchalari asosidagi katalizatorlar «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zpaxtayog‘» AJning 2018 yil 3 maydagi MS/2-1133-son ma’lumotnomasi). Natijada katalizatorlarning yangi avlodlarining katalitik xossalarini oshirish imkonini bergan;
moylarni gidrogenlash jarayoniga elektromagnit maydonini qo‘llash texnologiyasi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zpaxtayog‘» AJning 2018 yil 3 maydagi MS/2-1133-son ma’lumotnomasi). Natijada gidrogenlash jarayonini jadallashtirish imkonini bergan;
turg‘un va kukunsimon «Nisosel-800» katalizatorlar ishtirokida tarkibida 5–7% trans-izomerlangan yog‘ kislotali ovqatbop va yuqori qattiqlikdagi to‘yintirilgan yog‘lar ishlab chiqarish texnologiyasi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zpaxtayo» AJning 2018 yil 3 maydagi MS/2-1133-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulotlarning sifatini oshirish va oziqaviy xavfsizligini ta’minlash imkonini bergan;
yaratilgan katalizatorlarda olingan kam miqdordagi (5–7%) trans-izomerli ovqatbop salomaslar asosida margarinlarni tayyorlash texnikasi va texnologiyasi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJda margarinlarning sifatini oshirish va turlarini kengaytirishda joriy etilgan («O‘zpaxtayog‘» AJning 2018 yil 3 maydagi MS/2-1133-son ma’lumotnomasi). Natijada margarin mahsulotlari turlarini 20% oshirish imkonini bergan.