Sottiqulov Elyor Sotimboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida geopolimerlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi; 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T580.
Ilmiy rahbar: Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.29.12.2018.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Eshqurbonov Furqat Bozorovich, texnika fanlari doktori; Axunov Daniyor Baxtiyorovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Angren issiqlik elektr stansiyasining kuli hamda organik va noorganik qo‘shimchalar asosida geopolimerlar ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida kremniy tutgan diuretan olish uchun optimal sharoitlar va ushbu modifikatorning olingan geopolimerlarning fizik-kimyoviy xususiyatlariga ta’siri aniqlangan;
geopolimer uchun modifikatorlar birinchi bo‘lib ortosilikat kislotaning turli xil spirtlar bilan o‘zaro ta’siri natijasida olingan va ushbu modifikatorlarning olingan geopolimerlarning fizik-kimyoviy xossalariga ta’sir qilish mexanizmi aniqlangan;
natriy metasilikatning gidrolizlangan poliakrilonitril, poliakrilamid va formal`degid bilan o‘zaro ta’siri natijasida geopolimer uchun yangi modifikatorlar olingan va ushbu modifikatorlarning olingan geopolimerlarning fizik-kimyoviy xossalariga ta’siri aniqlangan;
plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar va olingan modifikatorlarning geopolimerlarning fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalariga ta’siri aniqlangan;
geopolimerning siqilish hamda egilish mustahkamligi va zichligi turli qotish davrlarida bazal`t tolasining miqdoriga bog‘liqligi aniqlangan;
mahalliy xomashyolar asosida geopolimerlar ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarishning maqbul texnologik parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida geopolimerlar olish va geopolimerlar ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida geopolimerlar olish texnologiyasi Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot institutida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2019 yil 26 avgustdagi 01/3-5136-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida olingan geopolimerdan yangi turdagi sifatli, import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallari olish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolar asosidagi geopolimerlardan “Boburbek Mahmarahim avlodi” MChJ, “Berdiyev Shuxrat Norpo’latovich hususiy korxonasi” va “Diyorbek Mansurov” xususiy korxonasida yuqori sifatli yo‘lak plitalari, “Alibaba Aziya” XKda to‘siq qismlari olish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 8067/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida geopolimerlardan sement sarflamagan holda mustahkam va sifatli yuqori ekspluatatsion xossalarga ega zamonaviy yo‘lak plitalari olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan texnologiya bo‘yicha olingan geopolimerlar “Oxangoron daryosidagi Qamchiq kichik GES”da sementlash bo‘limida amaliyotga joriy qilingan (“Gidromaxsusqurilish” AJning 2019 yil 27 avgustdagi 08/07-469-son ma’lumotnomasi). Natijada gidroelektrostansiya qurilishida tonellarni erosti suvlaridan himoyalovchi parda olishda foydalanish va shu bilan birga yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.