Pattaeva Moxichexra Abdusattarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aspergillus avlodiga mansub termofil va termotolerant zamburug‘larning o‘simliklarni o‘sishini faollashtiruvchi xususiyatlari», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/B10. 
Ilmiy rahbar: Xamidova Xursheda Muminovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01. 
Rasmiy opponentlar: Xujamshukurov Nortoji Abduxoliqovich, biologiya fanlari doktori, professor; Ibodov Komil, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Botanika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fitogormonlar sintezlovchi termofil va termotolerant mikromisetlarni ajratish va skriningi, ularning fizik-kimyoviy tavsifi va ekstremal sharoitlarda indol-3-sirka kislotasi (ISK) metabolizmini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘simlik chirindilari va g‘o‘za, bug‘doy rizosferasi tuproq namunalaridan zamburug‘larning mahalliy shtammlari -termofil Aspergillus fumigatus 2 va termotolerant Aspergillus terreus 8 shtammlari ajratib olingan va 18S rRNK gen-sekvensi asosida shtammlarning tur tarkibi aniqlangan;
turli xloridli va sul`fatli sho‘rlanish sharoitlarida shtammlarning o‘sishi va rivojlanishi, sho‘r stressida Aspergillus terreus 8 shtammida indol-3-sirka kislotasi hamda tarkibida indol halqasi saqlagan metabolitlarning hosil bo‘lishi asoslangan; 
2,5% NaCl sharoitlarda Aspergillus terreus 8 shtammi hosil qiladigan indol halqasi saqlovchi bir qator metabolitlar aniqlangan;
Aspergillus terreus 8 shtammida L-triptofanli muhitda ISK hosil bo‘lishida tarkibida 27 ta indol halqasi saqlagan metabolit aniqlangan; 
ilk bor indol metabolitlar orasida 1H-indol-2-karboksil, 5-xlor-, etil efiri topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aspergillus avlodiga mansub termofil va termotolerant zamburug‘larning o‘simliklarni o‘sishini faollashtiruvchi xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Biofosgu” biopreparati Andijon viloyati Paxtaobod tumanida 10 gektar, Buxoro viloyati Kogon tumanida 5 gektar bug‘doy maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 30 oktyabrdagi 02/021-291-son ma’lumotnomasi). Natijada biopreparat ta’sirida urug‘larni unuvchanligi, poyalar soni, oqsil miqdorini hamda zang kasalliklariga chidamliligini  oshirish imkonini bergan; 
“Biofosgu” biopreparati Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida 14 gektar, Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida 12 gektar, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida 20 gektar g‘o‘za maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 30 oktyabrdagi 02/021-291-son ma’lumotnomasi). Natijada nazorat variantga nisbatan g‘o‘za o‘simligining shonalash miqdori, ko‘saklar soni hamda hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish