Red`kin Pavel Vital`evichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri:«Kogerent nurlanishning yuqori garmonikalari rezonans generatsiyasiga ko‘pelektronli effektlar va zarrachalar konsentratsiyasining ta’siri», 01.04.11 – Lazer fizikasi (fizika-matematika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: (Guvohnoma raqami LA № 0000394).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.FM117.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti va Samarqand davlat universiteti huzuridagi 16.07.2013.FM/T.12.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.

Ilmiy maslahatchi: Ganeev Rashid Ashirovich, fizika-matematika fanlari doktori.

Rasmiy opponentlar:Usmanov Timur Bekmuradovich fizika-matematika fanlari doktori, professor; Yusupov Djavdat Bakidjanovich fizika-matematika fanlari doktori; Azamatov Zakir Taxirovich fizika-matematika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori garmonika rezonans generatsiyalariga zarrachalar konsentratsiyasi va ko‘pelektronli effektlarning ta’sirini aniqlashdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ko‘pelektronli effektlarning rezonans sathda ion elektroni uyg‘otilishi bilan ionda tezlanish bilan harakatlanuvchi elektronning noelastik sochilishi natijasida yuqori rezonans garmonika generatsiyalariga olib kelishi ko‘rsatilgan;

yuqori garmonika rezonans generatsiyasi bo‘yicha tajriba natijalarini tushuntirish va optimal damlash hamda qizdiruvchi impul`slari hisobi asosida yuqori garmonika rezonans generatsiyasi jarayonini optimal-lashtirish imkonini beruvchi yuqori garmonika rezonans generatsiyasi mexanizmi taklif etilgan;

bir karrali ionlashgan muhitlarda o‘tishlarga asoslangan yuqori garmonika rezonans generatsiyalarini kuzatish uchun ionlashmagan muhitlardan istiqbolli muhit sifatida foydalanish taklif etilgan;

endoedral fullerenlar S60+In va C60+Sb da S60 molekulasi qobig‘i plazmon yutilish maksimumlari siljishi va kiritilgan yarimo‘tkazgichlar ion rezonanslariga muvofiq va kuchayuvchi guruh garmonika rezonans generatsiyalarining yangi plazmon yutilish maksimumlariga siljishining nazariy hisoblash natijasida endoedral fullerenlar aralashmasining bug‘lanishi orqali hosil qilingan lazer plazmasida guruh garmonikalarini bir tekis kuchaytirish imkoniyati ko‘rsatilgan;

davomiyligi katta bo‘lgan qizdiruvchi impul`s yordamida, lazer ablyasiyasi jarayonida olingan plazmada atomlar, ionlar va  erkin elektronlar konsentratsiyasini fazalar muvofiqlashtirilganda yuqori garmonikalar guruxi kuchayishini hisobga olishga asoslangan nazariy aniqlash usuli ishlab chiqilgan;

10 va 8 pikosekund uzunlikga ega impul`slar ablyasiyasi yordamida uglerod plazmasida zarralar konsentratsiyasi oshishi bilan chastotani o‘zgartirish effektivligini cheklanish mexanizmi aniqlangan;

rezonans va fazalar kvazi moslashishi sharoitlarini muvofiqlashishi plato sohasida alohida garmonikalar samaradorligini 1000 marta kuchaytirishga olib keluvchi berilgan konsentratsiyada ionlashish darajasi va qizdiruvchi impul`s davomiyligi o‘rtasidagi bog‘lanish qonuniyatini aniqlash usuli taklif etilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya ishida ishlab chiqilgan lazer ablyasiyasi yordamida xosil qilinuvchi plazmalar xarakteristikalarini aniqlash metodologiyasi hamda yuqori garmonikalar rezonans generatsiyasini kuchaytirish usuli 14G0206 «Yaponiya jamiyatining Ijodiy ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish granti»ni bajarishda indiyning lazer plazmasida rezonans garmonikalari kuchayishini tushuntirish uchun ishlatilgan (Saitama tibbiyot universiteti qoshidagi Ilg‘or tibbiyot lazerlar va oftal`mologiya markazining  2016 yil 26 fevraldagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi kamyob materiallar va energiya sarflanganda rezonanslar garmonikasi intensivligini 10 marta kuchayishini ta’minlagan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish