Nurilloev Zafar Ismatilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishlab chiqarish ikkilamchi mahsulotlari asosida samarali korroziya ingibitorlarini olish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1056. 
Ilmiy rahbar: Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.29.12.2018.T.78.01. 
Rasmiy opponentlar: Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Qurbonov Mingniqul Jumag‘ulovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kroton al`degidi, di(tio)amidofosfatlar, tiomochevina, atsetal`degid asosida yangi oligomer korroziya ingibitorlari olish hamda ular asosidagi korroziya ingibitorlarini olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kroton al`degidi, di(tio)amidofosfatlar, tiomochevina va atsetal`degid asosida sintez qilingan oligomer korroziya ingibitorlarining tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
tarkibida har xil funksional faol guruhlari bo‘lgan yangi oligomer korroziya ingibitorlari ishtirokida po‘lat korroziyasini ingibirlashning elektrokimyoviy mexanizmi isbotlangan; 
metallarni tuzli, vodorod sul`fidli va kislotali korroziyadan himoyalash uchun ishlab chiqilgan oligomer korroziya ingibitorlarining ingibirlash xossalari aniqlangan;
metallar korroziyasini ingibirlovchi korroziya ingibitorlari hamda metallarni korroziyadan himoyalovchi oligomer tarkibli korroziya ingibitorlarini olish texnologiyalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kroton al`degidining di(tio)amidofosfatlar tiomochevina va atsetal`degid asosida oligomer korroziya ingibitorlarini sintez qilish va ko‘p funksiyali ingibitorlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
yangi ingibirlovchi sistemalar «Gissarneftgaz» QKda amaliyotga joriy etilgan («Gissarneftgaz» QKning 2019 yil 26 apreldagi 875/04-GNG-son ma’lumotnomasi). Natijada kroton al`degidi, di(tio)amidofosfatlar tiomochevina va atsetal`degid asosida import o‘rnini bosuvchi ingibitorlarni olish imkonini bergan; 
ishlab chiqilgan oligomer korroziya ingibitorlari «Navoiyazot» AJda va «O‘zkimyosanoat» AJ korxonalarida korroziyaga qarshi suv aylanma sistemalarida joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 26 avgustdagi 01/3-5141-son ma’lumotnomasi). Natijada import o‘rnini bosuvchi korroziya ingibitorini olish va uning asosida metallarni himoyalashning samarali texnologiyasini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish