Mixliev Oybek Avloyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dolomitni nitrat kislotasi bilan magniy birikmalari va suyuq o‘g‘itlarga kompleks qayta ishlash texnologiyasini yaratish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1384. 
Ilmiy rahbar: Mirzakulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.29.12.2018.T.78.01. 
Rasmiy opponentlar: Shukurov Jamshid Sultonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Iraliev Boymirza Xolmirzaevich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Dehqonobod koni dolomitini kompleks qayta ishlab, magniy gidrooksid olish va bir vaqtning o‘zida cho‘kindi aylanma eritmalarni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Dexqonobod koni dolomitlarining yuqori ko‘piklanishi va reaktivligi, bu parchalanish jarayonining davomiyligi qisqartirilgan va texnologik jarayon takomillashtirilgan;
dolomitning nitrat kislotasini parchalanish jarayonida magniyning ajralib chiqish darajasiga, nitrat kislota ekstrakti tarkibidagi magniyning cho‘kish darajasiga qarab ammonizatsiya darajasiga texnologik parametrlarning ta’sir etishi aniqlangan;
ilk bor Dehqonobod koni dolomitini nitrat kislotasi bilan kompleks qayta ishlab, magniy gidroksidi olish, bir vaqtning o‘zida aylanma eritmalarni utilizatsiya qilib, suyuq holdagi azot-kal`siyli, azot-kal`siy-magniyli, shuningdek donodor azot-kal`siyli o‘g‘itlar olinishi isbotlangan;
sho‘rlangan erlar uchun Dehqonobod koni dolomitini kompleks qayta ishlab, magniy gidroksid va aylanma eritmalardan suyuq hamda donodor azot-kal`siyli o‘g‘itlar olish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dehqonobod konlaridagi dolomitni kompleks qayta ishlab magniy gidroksidi olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dolomitni qayta ishlab magniy gidroksid olish texnologiyasi «O‘zkimyosanoat» AJning «2020-2022 yillarda amaliyotga joriy qilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 7 oktyabrdagi 03-6194-son ma’lumotnomasi). Natijada dolomitlarni kompleks qayta ishlash tarkibida magniy gidroksid miqdori 98,2% dan kam bo‘lmagan mahsulot olish imkonini beradi;
Dexqonobod koni dolomitini nitrat kislotasi bilan kompleks qayta ishlab, hosil bo‘lgan aylanma eritmadan suyuq azot-kal`siyli, suyuq azot-kal`siy-magniyli va donodor azot-kal`siyli o‘g‘itlar olish texnologiyasi O‘zkimyosanoat» AJning «2020-2022 yillarda amaliyotga joriy qilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 7 oktyabrdagi 03-6194-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligidagi sho‘rlangan erlarni samarali suyuq va donador azot-kal`siyli o‘g‘itlar bilan ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish