Xudayberganov Ravshan Turabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Istaxriyning «Kitab al-masalik val-mamalik» asari (ilmiy-izohli tarjima va tadqiqot)», 07.00.08–Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tar198. 
Ilmiy rahbar: Yusupova Dilorom, akademik, tarix fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, DSc.27.06.2017.Tar.44.01. 
Rasmiy opponentlar: Ahmedov Ashraf, tarix fanlari doktori; Zokirjon Saidboboev, tarix fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Istaxriyning geografiyaga oid «Kitab al-masalik val-mamalik» asari IX–X asrlarda Markaziy Osiyoning tarixiy geografiyasini o‘rganishdagi muhim birlamchi manba ekanini ochib berishdan iboratdir. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Istaxriy hayoti va faoliyatiga oid fanda mavjud, biroq tarixiy manbalarda tasdig‘ini topmagan shubhali ma’lumotlar ko‘rsatib berilgan; 
Istaxriy safar qilgan, avvalgi tadqiqotlarda ko‘rsatilmagan yangi joylar (Arab diyori bo‘limida Oman; Misrda Fustot va Tinnis oroli; Xuzistonda Osak va Sus; Forsda Istaxr va Sheroz; Movarounnahrda Samarqand va Sug‘d viloyati) aniqlangan; 
Istaxriy tavsifiy geografiya yo‘nalishida yozilgan «Kitab al-aqalim» va «Kitab al-masalik val-mamalik» nomi bilan mashhur ikki mustaqil asar muallifi ekani va «Ashkal al-olam» «Kitab al-masalik val-mamalik»ning forsiy tarjimasi ekani isbotlangan; 
«Kitab al-masalik val-mamalik»ning forsiy tarjimasi arabcha matndan bir oz qisqa bo‘lsa ham ba’zi kichik ma’lumotlar bilan to‘ldirilishi arabcha matn mazmunini to‘g‘ri anglashga ko‘maklashishi jihatidan ilmiy ahamiyatga ega ekani ilmiy asoslarda ochib berilgan; 
fanda Xuroson noibi Abdulloh ibn Tohirning mustaqillikka intilgan shaxs sifatida qarash uchun asos bo‘lgan dalillar bunday xulosaga kelish uchun etarli emasligi, ularning bu masalaga to‘liq mos tushmasligi aniqlangan; 
tarixiy manba tarjimasidan ko‘zlangan asosiy maqsad – ilmiy muomalaga kiritish uchun asarning imkon qadar barcha nusxalarini tadqiqotga jalb etish zarurligi va bu ishni amalga oshirishda tanqidiy matn tayyorlash usullaridan foydalanish mumkinligi asoslab berilgan; 
«Kitab al-masalik val-mamalik» xaritalaridagi joy nomlari soni nafaqat asar matnidagidan farqli tafovutlari aniqlandi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
«Istaxriyning «Kitab al-masalik val-mamalik» asari bo‘yicha olingan ilmiyo natijalar asosida: 
O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida 2017–2018 yillarda bajarilgan OT – A1-4I raqamli «Markaziy Osiyo davlatchilik tarixiga oid ma’lumotlar (islomgacha bo‘lgan manbalar (xitoy manbalari)dan tarjima va tadqiqotlar)» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida nashrga tayyorlangan «Markaziy Osiyo davlatchilik tarixiga oid ma’lumotlar (xitoy manbalari asosida)» nomli monografiyada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 15 fevraldagi 3/1255-420-son ma’lumotnomasi). Dissertant o‘zbek tiliga tarjima qilingan «Shin Tang-shu (Tang sulolasining yangi tarixi)» nomli xitoy manbasidagi ma’lumotlarni arab manbalaridagi axborotlar bilan taqqoslab, ularni ilmiy izohlashda bevosita ishtirok etgan; 
O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ekspozisiyasini takomillashtirishda ham foydalanilgan. Xususan, ekspozisiyaning o‘rta asrlar bo‘limi tadqiqotchi tomonidan taqdim etilgan «Kitab al-masalik val-mamalik» asarining dunyo fondlarida saqlanayotgan beshta qo‘lyozmasining elektron nusxasi, 1839 yilga oid faksimile nashri, asardagi tarixiy xaritalar tahlili, Istaxriyning hayoti va ilmiy merosi bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan boyitilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 15 fevraldagi 3/1255-420-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan «Kitab al-masalik val-mamalik» qo‘lyozmalari va asarning turli nashrlarida keltirilgan tarixiy xaritalar o‘rta asrlarda yaratilgan xaritalar borasida to‘liq tasavvur hosil qilish imkonini beradi; 
“O’zbekiston tarixi” telekanalining turkum ko‘rsatuvlaridan biri bo‘lgan “Tarixiy savol” tok-shousining 2019 yil 12 noyabrdagi “O‘rta Osiyoga kelgan sayyohlar va safarnomalar” mavzusidagi dasturining ssenariysini shakllantirishda foydalanilib, (“O’zbekiston tarixi” telekanalining 2019 yil 26 noyabrdagi 01-14-2459-son ma’lumotnomasi) ko‘pchilik tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, safarnomalarning manbaviy ahamiyati, O‘rta Osiyo bilan bog‘liq, hali e’lon qilinmagan yangi ma’lumotlar – mahalliy aholining boshqa xalqlarda ko‘rilmagan urf-odatlari, harbiy salohiyati va bu boradagi o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq yangi ma’lumotlar tahlillar asosida ekspertning ilmiy yangiligi sifatida taqdim qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish