Vohidova Noyira Rahimovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bombyx mori xitozani polimermetallkomplekslari va xitozanbarqarorlashtirilgan d-elementlar nanozarrachalarining sintezi, xossalari va qo‘llanilishi», 02.00.06–Yuqori molekulyar birikmalar; 02.00.12–Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (kimyo fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /kimyo fanlari nomzodi /.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 31.03.2016/B2016.1.K16.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rashidova Sayyora Sharafovna, kimyo fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi FA akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Toshkent davlat texnika universiteti, 16.07.2013.K/T.14.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Djardimalieva Guljian Iskakovna, kimyo fanlari doktori, professor; Babaev Tuyg‘un Mirzaahmedovich, kimyo fanlari doktori, professor; Umarov Abdusalom Vaxitovich, texnikafanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi makroligand Bombyx morixitozani va d-metallar asosidapolimermetallkomplekslar, shuningdek, xitozanbarqaror-lashtirilgan Co, Cu va Agnanozarrachalarini olish, ularning shakllanishi va xossalarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor Bombyx moriXZ hamdaSu2+ va So2+ionlari asosidagiPMKlarning yo‘naltirilgan sinteziga imkon beradigan reaksiyaning maqbul sharoitlari aniqlangan va reaksiya rN ni o‘zgartirish yo‘li bilan turli tarkibli PMK olish mumkinligi isbotlangan;
ilk bor rN=4-5 da makroligand – Bombyx moriXZ Su2+ va So2+ ionlari bilan ta’sirlashib, metall ionlarining XZ bilan mikrokapsulalanishi hisobidan nanostrukturali PMK hosil qilishi ko‘rsatilgan;
ilk bor alifatik alkanollar va natriy sitrati ishtirokida xitozanbarqarorlashtirilgan Cu, Co va Ag NZ lariolingan va XZ ning samarali barqarorlashtiruvchilik xossalari aniqlangan;
harorat, vaqt, Me2+/XZ va qaytaruvchi agent miqdorini o‘zgartirish bilan xitozanbarqaror-lashtirilgan Cu, Co va AgNZ lario‘lchamini hamda ularning polimer matrisada o‘lcham bo‘yicha taqsimlanishini boshqaradigan sintez vositalari ishlab chiqilgan;
XZ ning d-elementlar bilan kompleks hosil qilishining hamda metall NZ larining shakllanishi va barqarorlashuvining o‘ziga xos xususiyatlari, reaksiyaning ehtimolga yaqin mexanizmlariva maqbul sintez sharoitlari aniqlangan;
XZ asosida biologik faol PMK lar va nanostrukturali komplekslar olishning asosiy sharoitlari, ularning tuzilishi, bakterisidlik va fungisidlik xossalari aniqlangan va ular asosida yangi avlod preparatlari yaratish imkoniyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bombyx mori XZ va d-metallar asosida nanostrukturali komplekslar sintez usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
alifatik alkanollar ishtirokida metall saqlovchi polimer nanokomplekslarini olish usuli bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining ixtiroga patenti (№IAP 05212) olingan. XZ-Ag nanokomplekslari veterinariya amaliyotida bakterial kasalliklarni samarali davolash imkonini bergan;
qaytaruvchi agentlar ishtirokisiz metall saqlovchi polimer nanokomplekslarini olish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasining ixtiroga patenti (№ IAP B 05213) olingan. Natijada XZ-Cu kompleksi asosida g‘o‘za viltini oldini olish va davolashda qo‘llaniladigan fungisid yaratilgan;
XZ-Cu komplekslari Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Buxoro filialida fungisid sifatida qo‘llanilgan. Xitozanbarqarorlashtirilgan kumush NZ lari Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti yosh chorva mollarida kolibakterioz kasalligining oldini olish va davolashda qo‘llanilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 27 apreldagi 02/12-584-son ma’lumotnomasi). Ushbu yuqori samarali, polimer tarkibli bakterisid va fungisid xossaga ega preparatlarni ishlab chiqarish import o‘rnini bosadi.