Anorbaev Azimjon Raimkulovichning
doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Agrobiotsenozda tunlamlar populyasiyasi sonini boshqarishda trixogramma (Hymenoptera: Trichogrammatidae) turlarining ahamiyati», 06.01.09–o‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Guvohnoma raqami LA 0002548/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 31.03.2016/B2016.1.Qx230.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sulaymonov Botirjon Abdushukurovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, 16.07.2013.Qx.22.01.
Rasmiy opponetlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Azimov Djalaliddin Azimovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik; Maxmudxodjaev Najmiddin Mavlyanxodjaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Shamuratova Nagima Genjemuratovna,qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
qishloq xo‘jaligi ekinlarida uchraydigan tunlamlar sonini boshqarishda ekstremal sharoitga mos trixogramma turini tanlash, introduksiyalash, iqlimlashtirish, yalpi ko‘paytirish va tarqatish usullarini takomillashtirish hamda ekinlar hosilini saqlab qolish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tunlam turlarining ekinlarda uchrash darajasi, g‘o‘za tunlamining asosiy parazitlari va ularning o‘zaro nisbati aniqlangan;
mamlakatimiz uchun trixogrammaning yangi Trichogramma chilonisIshii turi introduksiya qilingan, iqlimlashtirilgan va biologik hususiyatlari aniqlangan;
introduksion Trichogramma chilonis turi maxalliy turlar bilan taqqoslangan, uning turli mahalliy tangachaqanotli zararkunanda turlarida biologik ko‘rsatgichlari aniqlangan;
mamlakatimizda trixogrammani laboratoriya sharoitida sun’iy oziqa (in vitro) yordamida ko‘paytirish usuli ishlab chiqilgan;
mamlakatimizda trixogrammani qadoqlash va zararli tunlamlarga dala sharoitida qo‘llashning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan;
agrobiotsenozda trixogrammaning biologik faolligiga ta’sir etuvchi ekologik, antropogen omillar aniqlangan, tunlamlarga qarshi qo‘llaniladigan insektisidlarning trixogramma parazitiga ta’siri aniqlanib, kam ta’sirga ega turlari ishlab chiqarishga tavsiya etilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
trixogrammani ko‘paytirishning samarali, resurstejamkor usuli «Trixogramma o‘stirish uchun sun’iy ozuqa» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 0052). Trixogrammani o‘stirishning ixtiro qilingan usuli amaldagi usulga nisbatan 4-5 barobar resurstejamkor hisoblanadi;
o‘simliklarni himoya qilish amaliyotida qo‘llash uchun introuksion Trichogramma chilonis turi Sirdaryo viloyati Mirzaobod, Guliston, Oq oltin tumanlari, Andijon viloyati Baliqchi, Andijon tumanlari, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq tumanlari biolaboratoriyalariga hamda paxtachilik, sabzavotchilik fermer xo‘jaliklari ekinlarida tunlamlar populyasiyasi miqdorini boshqarish maqsadida jami 56 ming gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 08.04.2016 y., 02/90-512-son ma’lumotnomasi). Bunda, g‘o‘za ekinining har gektaridan o‘rtacha 4,7-6,2 sentner, pomidordan 26,5-33,7 sentner hosil saqlab qolingan.