Yaxyaev Abdulla Abdujabborovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 


I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Shaharlar kompozisiyasini shakllantirishda vertikal inshootlar»,18.00.02–Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2018.3.PhD/A16.
Ilmiy rahbar: Ahmedov Muhammad Qosimovich, me’morchilik fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Hidoyatov Timur Abrorovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Muhammadjonov Qobiljon Xodjimurodovich, arxitektura fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston shaharsozligida vertikal kompozisiyalarni yaratishning an’anaviy hamda zamonaviy mezonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston hududida saqlanib qolgan qadimiy vertikal inshootlar asosan IX-XII asrlar (mo‘g‘ullargacha bo‘lgan davr), XIV-XVI asrlar (Temuriylar davri) va XVII-XIX asrlar (xonliklar davri)da shakllan-ganligi aniqlangan;
jome’ masjidlarining aksariyati shahar markazidagi yirik bozorlar va  maydonlarda joylashganligi sababli masjid minoralari shaharning me’moriy ko‘rinishida kompozisiyaviy yadro - dominant vazifasini bajarganligi aniqlangan; 
shaharlar kompozisiyasini shakllantirishda vertikal inshootlarning umumshahar kompozisiyasida yadro vazifasini bajaruvchi - dominant, shoh ko‘chalar yo‘nalishi oxirini belgilab beruvchi - yakunlovchi, shahar rejasidagi kompozisiyaviy vizual o‘q bo‘ylab o‘tgan ko‘chalar panoramasini shakllantiruvchi - yo‘naltiruvchi, shahar siluetida muhim o‘ringa ega tik qurilmalar majmui - ajratuvchi kabi uyg‘unlik mezonlari asoslab berilgan;
an’anaviy shaharsozlik bazasida turizmni rivojlantirishga qaratilgan Toshkent viloyatida joylashgan “Shayx Umar Bog‘istoniy” tarixiy-me’moriy majmuasi, “Ulug‘ Sog‘ota” ziyoratgohi hamda “Mashhad mozor” masjidi vertikal inshootlarining grafik loyiha takliflari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Shaharlar kompozisiyalarini shakllantirishda vertikal inshootlar mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston hududida saqlanib qolgan qadimiy vertikal inshootlar shakllanishining davriy bosqichlari, an’anaviy va zamonaviy vertikal kompozisiyalarning kompozision holati va o‘rni, tipologik xususiyatlari, me’moriy-qurilmaviy va badiiy ko‘rsatgichlari bo‘yicha oligan ilmiy natijalardan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 7 maydagi 3242/09-07-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi shaharlarning vertikal o‘sish tipologiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
O‘rta Osiyo hududidagi vertikal inshootlarning genezisi, o‘ziga xos xususiyatlari, kompozisiyaviy joylashuvi yuzasidan oligan natijalar F.1-86 raqamli “O‘zbekiston arxitekturasining mustaqillik mafkurasi asosida shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etish va samarali rivojlantirish tamoyillarini ishlab chiqish” (2011-2016 y.y.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 noyabrdagi 89-03-3818-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi zamonaviy shaharlar vertikal inshootlarining kompozisiyaviy echimlarini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilgan;
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Bog‘iston” QFY hududida masjid, minora, darvozaxona, mehmonxona komplekslarining yangi arxitekturaviy ko‘rinishlari loyihaviy taklif echimlaridan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish Bosh boshqarmasining 2018 yil 29 noyabrdagi 01-01/973-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi “Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Toshkent viloyat muassasasi” ishini tashkil etishda ilmiy asos sifatida xizmat qilgan;
Toshkent viloyati, Angren shahar, Qorabog‘ mahallasida joylashgan “Ulug‘ Sog‘ota” ziyoratgohida darvozaxona, masjid, minora, shiypon, hovuz, mehmonxona, choyxona kabi binolarining zamonaviy loyiha echimlaridan amaliyotda foydalanilgan  (Toshkent bosh plani loyihalash va ilmiy tadqiqot instituti davlat unitar korxonasining 2019 yil 5 maydagi OGP-1071-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi Toshkent viloyati tarixiy muhitini saqlash, qayta qurish va turizmni rivojlantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish