Tuxtasheva Umida Abdilovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sud xatolarini bartaraf etishning jinoyat-protsessual yullari”, 12.00.09–Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Yu20.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Pulatov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Mirzaev Aziz Alisherovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Xayriev Nodirjon Isroilovich, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sud xatolarini bartaraf etish institutlarini va jinoyat-protsessual yo‘llarini takomillashtirishga hamda bu sohadagi huquqni qo‘llash amaliyotini kuchaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori turuvchi instansiya sudlarining rolini va ma’suliyatini kuchaytirish maqsadida ishni birinchi instansiya sudiga yangitdan ko‘rib chiqish uchun qaytarish institutini bekor qilish zarurligi asoslab berilgan;
apellyasiya va kassatsiya instansiyasi sudlariga og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llash yoxud jazoni kuchaytirish vakolatini ana shu asoslar bo‘yicha jabrlanuvchi, uning vakili tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan hollardagina berish kerakligi asoslangan;
jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlarini ishonchli ta’minlash, shu jumladan sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqishga bo‘lgan huquqni kafolatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish jinoyat-protsessual qonunchiligini rivojlantirishni asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligi asoslab berildi;
ish bo‘yicha uzil-kesil qarorlar qabul qilish muddatlarini asossiz ravishda cho‘zib yuborishni bartaraf etish va apellyasiya instansiyasi sudining rolini oshirish maqsadida apellyasiya instansiya sudiga ayblov hukmini chiqarish vakolatini berish kerakligi asoslangan;
kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlarini qonunchilikda tartibga solinishini takomillashtirish va kassatsiya instansiya sudiga yangi hukmni chiqarish vakolatini berish zarurligi asoslab berilgan;
sud muhokamasi ishtirokchilariga apellyasiya va kassatsiya shikoyatini chaqirib olish tartibi sud tomonidan tushuntirish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sud xatolarini bartaraf etishning jinoyat-protsessual yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishni birinchi instansiya sudiga yangitdan ko‘rib chiqish uchun qaytarish institutini bekor qilish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi JPKning 485 va 495-moddalarida o‘z aksini topgan, o‘zgartishlar O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 29 yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni bilan kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitaning 2018 yil 28 avgustdagi 06/1-05/140-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif yuqori turuvchi instansiya sudlarining roli va ma’suliyatini kuchaytirishga xizmat qilgan;
apellyasiya va kassatsiya instansiyasi sudlariga og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llashga yoxud jazoni kuchaytirish vakolatini ana shu asoslar bo‘yicha jabrlanuvchi, uning vakili tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan hollardagina berish kerakligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi JPKning 494, 49713 va 5061-moddalarida o‘z aksini topgan, o‘zgartishlar O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 29 yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni bilan kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2018 yil 18 sentyabrdagi 08/UM-526-18-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif ish bo‘yicha uzil-kesil qarorlar qabul qilish muddatlarini asossiz ravishda cho‘zishni bartaraf etish va sud qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqi kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari sifatida jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlari mexanizmlarini takomillashtirish zarurligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi «Jinoyat va jinoyat protsessual qonun hujjatlari tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–3723-sonli Qarorining 1-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil departamentining 2019 yil 25 noyabrdagi ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 25 noyabrdagi 11-88-19-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi JPKning yangi tahrirdagi loyihasiga yuqori turuvchi instansiya sudlarida sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqishga bo‘lgan huquqni ruyobga chiqarish kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan normalarni kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga xizmat qildi;
apellyasiya instansiyasi sudiga ayblov hukmini chiqarish vakolatini berishga doir taklif O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 29 yanvardagi O‘RQ–463-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi JPK 490 va 49713-moddalarining yangi tahririda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2018 yil 18 sentyabrdagi 08/UM–527-18-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif ish bo‘yicha uzil-kesil qarorlar qabul qilish muddatlarini asossiz ravishda cho‘zib yuborishni bartaraf etishga va apellyasiya instansiyasi sudining rolini oshirishga xizmat qildi;
kassatsiya instansiya sudining vakolatlarini qonunchilikda huquqiy jihatdan tartibga solishni takomillashtirish va kassatsiya instansiya sudiga yangi hukm chiqarish vakolatini berish zarurligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 29 yanvardagi O‘RQ–463-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi JPK 490-moddasining yangi tahririda va yangi 5061-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2018 yil 18 sentyabrdagi 08/UM–527-18-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kassatsiya instansiyasi sudi vakolatlarini JPKning alohida moddasida mustahkamlash, ish bo‘yicha uzil-kesil qarorlar qabul qilish muddatlarini asossiz ravishda cho‘zishni bartaraf etish hamda kassatsiya instansiyasi sudining rolini kuchaytirishga xizmat qildi;
apellyasiya va kassatsiya shikoyatlarini chaqirib olish tartibini sud muhokamasi ishtirokchilariga sud tomonidan tushuntirish zarurligi to‘g‘risidagi taklif, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi 2018 yil 24 avgustdagi «Sudlar tomonidan ishlarni apellyasiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida»gi Qarorning 10-bandida o‘z amaliy ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2018 yil 18 sentyabrdagi 08/UM-526-18-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishni amalga oshirishning samarali mexanizmini yaratishga qaratilgan.