Sultanov Tulkin Irgashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy va ozarbayjon adabiyoti: tarixiy ildizlar, an’analar, vorisiylik (Kishvariy va Sodiqiy asarlari misolida)”, 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil348.
Ilmiy rahbar: Salohiy Dilorom Isomiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Haqqulov Ibrohim Chorievich, filologiya fanlari doktori, professor; Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Alisher Navoiy ijodining ozarbayjon adabiyotiga ta’siri va adabiy merosining Ozarbayjonda o‘rganilishini ochib berish, Kishvariyning Navoiy g‘azallari ta’sirida yozgan taxmis va naziralari, shuningdek, Sodiqiyning Navoiy uslubida bitgan naziralari hamda «Majolis un-nafois» ta’sirida yaratgan «Majma’ ul-xavos» tazkirasini qiyosilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Alisher Navoiy adabiy merosining ozarbayjon mumtoz adabiyoti tarixiy taraqqiyotiga ta’siri va shakllanishidagi o‘rni Kishvariy, Xatoyiy, Fuzuliy, Rahmatiy, Sodiqiy, Amoniy, Zafar, Soib, Qavsiy va boshqa ozar shoirlari ijodiy faoliyatining qiyosiy o‘rganish orqali asoslangan;
XX asr boshlaridan (1902 yildan) bugungi kunga qadar faoliyat yuritgan ozarbayjon navoiyshunoslarining xizmati tufayli bir asrdan ortiq vaqt davomida Ozarbayjonda Alisher Navoiy asarlari qo‘lyozmalarining 61 nusxasi, devonlarining 37 nusxasi qiyosiy jihatdan o‘rganilganligi, bir qator nasriy asarlari va ayrim she’rlarining ozarbayjon tilidagi nashri bo‘yicha ma’lumotlar dalillangan;
Ne’matulloh Kishvariy va Sodiqbek Afshor Sodiqiyning ozarbayjoncha g‘azallarini Alisher Navoiyning «Xazoyin ul-maoniy» kulliyotidagi 2600 turkiy g‘azal bilan g‘oya, mazmun, qofiya, radif, vazn, badiiy san’atlar qo‘llanishi hamda poetik uslub mahorati jihatdan taqqoslash natijasida bu shoirlarning taxmis va naziralar yozganligi aniqlangan;
Navoiy g‘azallariga javoban yozilgan naziralar oshiqona, orifona, rindona, so‘fiyona va ijtimoiy-siyosiy ruhdagi she’rlar guruhiga tasniflagan holda qiyosiy jihatdan o‘rganilib, shoirlar ijodida mumtoz adabiy an’analar tadriji, poetik shakl va poetik mazmundagi yangilanish tamoyillari ochib berilgan;
Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» asari va uning ta’sirida ozarbayjon adabiyotida yaratilgan Sodiqbek Afshor Sodiqiyning «Majma’ ul-xavos» tazkirasi o‘zaro qiyoslanib, har ikki tazkiraning eski o‘zbek adabiy tilida yozilganligi, tuzilish jihatidan o‘xshashligi kabi mushtarak va farqli jihatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Alisher Navoiy va ozarbayjon adabiyoti: tarixiy ildizlar, an’analar, vorisiylik bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida; 
Alisher Navoiy ijodining ozarbayjon adabiyotiga ta’siri va adabiy merosining o‘rganilish masalalari, Navoiy uslubida yozilgan Sodiqiy naziralari hamda Kishvariyning taxmis va naziralarini Navoiy g‘azallari bilan qiyosiy o‘rganish tamoyillari, Sodiqiyning «Majma’ ul-xavos» tazkirasida Navoiy an’analarini tavsif va talqin etish masalalarini tadqiq etishda olingan amaliy natijalar asosida: Ozarbayjonda Navoiy ijodining o‘rganilishi, Navoiy g‘azallari ta’sirida yozilgan Sodiqiy naziralari, Kishvariyning taxmis va naziralari, «Majma’ ul-xavos» va «Majolis un-nafois» tazkiralarining qiyosiy tahliliga oid materiallardan Turkiya Jumhuriyati Karabuk Davlat universiteti Adabiyot fakul`teti Turk tili va adabiyoti bo‘limining o‘quv dasturlaridagi «O‘zbek adabiyoti», «Matn sharhi», «Chig‘atoycha», «Turkiy lahjalar muqoyasasi», «Ilmiy tadqiqot usullari» kabi fanlarni o‘qitishda foydalanilgan (Turkiya Respublikasi Karabuk Davlat universiteti Adabiyot fakul`teti Turk tili va adabiyoti bo‘limining 2019 yil 3 iyundagi 009/18-son ma’lumotnomasi). Natijada universitet talabalarining o‘zbek mumtoz adabiyoti, xususan, Alisher Navoiy hayoti va ijodining ozarbayjon adabiyotida o‘rganilishi, Navoiy asarlari ta’sirida ozarbayjon adabiyotida yaratilgan nazira, taxmis va tazkiralarning badiiy ahamiyati haqidagi bilimlarining oshirilishiga erishilgan; 
Alisher Navoiy ijodining ozarbayjon adabiyotiga ta’siri, Navoiy asarlarining Boku qo‘lyozmalari, Navoiy asarlari ta’sirida ozarbayjon adabiyotida yaratilgan nazira, taxmis va tazkiralarning badiiy ahamiyati bo‘yicha olingan xulosalardan OT-F8-027 raqamli «Qo‘lyozma manbalarning milliy ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati» mavzucidagi fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 maydagi 89-03-2301-son ma’lumotnomasi). Natijalarning  qo‘llanilishi bilan Alisher Navoiy asarlari qo‘lyozmalarining Bokudagi 61 nusxasi, Alisher Navoiy ijodining ozarbayjon adabiyotiga ta’siri va adabiy merosining o‘rganilishi, Kishvariy, Sodiqiy kabi ozarbayjon shoirlari ijodida Alisher Navoiy an’analari masalalarini keng yoritish imkoniyati yaratilgan;
Alisher Navoiy asarlarining ozarbayjon adabiyotiga ta’siri masalasining bevosita Sharq mumtoz so‘z san’ati va komil inson konsepsiyasiga bog‘liqligi, Navoiy ijodidan bevosita ta’sirlangan Ne’matulloh Kishvariy va Sodiqbek Afshor Sodiqiy asarlarida komil inson konsepsiyasining davom ettirilgani va rivojlantirilgani bo‘yicha olingan xulosalardan 5.1.17 raqamli «Sharq mumtoz adabiyotida komil inson konsepsiyasi» mavzucidagi fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 maydagi 89-03-2301-son ma’lumotnomasi). Natijalarning  qo‘llanilishi bilan Alisher Navoiy, Ne’matulloh Kishvariy va Sodiqbek Afshor Sodiqiy ijodidagi g‘azal, taxmis, nazira va tazkiraga oid matnlar orqali Sharq mumtoz so‘z san’ati va ozarbayjon adabiyotida komil inson konsepsiyasi tarixini asoslash bo‘yicha muayyan xulosalar chiqarilgan;
Alisher Navoiy ijodining ozarbayjon adabiyotiga ta’siri va adabiy merosining o‘rganilishi, Navoiy g‘azallari ta’sirida yozilgan Sodiqiy naziralari, Kishvariyning taxmis va naziralari, «Majma’ ul-xavos» va «Majolis un-nafois» tazkiralarining qiyosiy tahliliga oid materiallardan Turkiya Jumhuriyati Otaturk Madaniyat, til va tarix oliy qo‘mitasi turk tili qo‘mitasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va loyiha ijrochiligi professor Mehmet O‘zturk, loyiha maslahatchiligi professor Mustafa Kachalin tomonidan amalga oshirilgan «Turkiy tilning ulug‘ chinori Alisher Navoiy» nomli videofil`mni tayyorlashda foydalanilgan (Turkiya Jumhuriyati Otaturk Madaniyat, til va tarix oliy qo‘mitasi turk tili qo‘mitasining 2019 yil 13 maydagi 63434571-622.03-E.937-son ma’lumotnomasi). Olingan amaliy natijalar turk teletomoshabinlarining o‘zbek mumtoz adabiyoti, xususan, Alisher Navoiy asarlarining ozarbayjon adabiyotiga ta’siri, tarjimalari, badiiyati, Ne’matulloh Kishvariy va Sodiqbek Afshor Sodiqiy ijodida Alisher Navoiy an’analari haqidagi tasavvuri kengayishiga xizmat qilgan;
o‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari, Alisher Navoiyning ozarbayjonlik ustozi Nizomiy Ganjaviydan ta’sirlanishi, Kishvariy, Sodiqiy va boshqa ozar shoirlarining navoiyona uslubda ijod qilishiga doir materiallardan Ozarbayjon milliy madaniyat markazi Samarqand viloyat bo‘limi faollari bilan o‘tkazilgan «Nizomiy va Navoiy – turkiy xalqlarning ikki buyuk chinori» mavzucidagi adabiy kechada foydalanilgan (Respublika Ozarbayjon milliy madaniyat markazi Samarqand viloyat bo‘limining 2019 yil 22 maydagi 20-son ma’lumotnomasi). Olingan amaliy natijalar o‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari, ikki mamlakat xalqlari orasidagi madaniy rishtalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish