Ibragimova Mareta Muxarbekovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sul`fonilmochevina hosilalariga mansub ayrim antidiabetik preparatlarning kimyo-toksikologik xossalari», 15.00.02 – farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /farmatsevtika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Far21.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahar sud-tibbiy ekspertiza byurosi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, 16.07.2013.Far.21.01.

Rasmiy oppenentlar: Tadjiev Mansur Azizovich, farmatsevtika  fanlari doktori, professor; Zaynutdinov Hikmat Sunnatovich, farmatsevtika  fanlari doktori, professor; Iskandarov Alisher Iskandarovich, tibbiyot  fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi ayrimsul`fonilmochevina hosilalarini biologik suyuqliklar va ob’ektlarda sud-kimyo ekspertizani o‘tkazish uchun kimyo-toksikologik tahlil usullarini takomillashtirish bo‘yicha uslubiy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

biologik suyuqliklar va ob’ektlardan (ichki a’zolar) olingan ajratmalar tarkibida sul`fonilmochevina hosilalarini (SMH) guruhiga mansub preparatlarni identifikatsiyalashning sharoitlari hamda keyingi differensiatsiya uchun turli fizik-kimyoviy tahlil usullari - yupqa qatlam xromatografiyasi (klassik va Toxi-Lab AB tizimida modifikatsiya qilingan), yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX), UB- va IQ- spektrofotometriya, sirt ionlashuv mass-spektrometriya (SI/MS) va termodesorbsion sirt-ionlashuv spektroskopiya (TDSIS) ishlab chiqilgan;

bioob’ektlarda SMH identifikatsiyalash uchun Toxi-Lab AV tizimidagi YuQX, SI/MS va TDSIS usullarini qo‘llash ilk bor asoslab berilgan;

sud-kimyo ob’ektlarida o‘rganilayotgan preparatlarning miqdorini aniqlashning spektrofotometrik, TDSIS va YuSSX tahlil usullarining mo‘’tadil  sharoitlari ishlab chiqilgan;

suvli eritmalardan SMH preparatlarini organik erituvchilar yordamida ekstraksiyalashning mo‘’tadil sharoitlari  va ushbu jarayonga turli omillar ta’siri (rN muhiti, organik erituvchi tabiati, elektrolitlar ta’siri) nazariy asoslangan va tajribada aniqlangan;

organik zaharlarni ajratib olishning umumiy qabul qilingan sud- kimyoviy usullarining SMH ga nisbatan qo‘llanilishi  tajribada asoslangan va ular qiyosiy baholangan;

SMH preparatlarini biologik to‘qima va suyuqliklarda umumiy va xususiy usullar asosida ajratib olishning uslublari ishlab chiqilgan;

biologik ob’ektlardagi soekstraktiv moddalardan tekshiriluvchi preparatlarni tozalashning yupqa qatlamli va kolonkali xromatografiya  usullari ishlab chiqilgan;

biologik materialning odatdagi sharoitlarda chirishi va mazkur jarayonga konservant ta’siri ostida undagi SMH preparatlarining saqlanuvchanlik muddatlari aniqlangan;

SMH preparatlarining sud-kimyo tekshiruvlarini o‘tkazishda biologik ob’ekt sifatida murdaning ichki a’zolari va biologik suyukliklarini tanlab tavsiya etish maqsadida issiq qonli tajriba hayvonlari organizmida SMH taxminiy tarqalishi tajriba yo‘li bilan aniqlangan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Biologik ob’ektlarda SMH preparatlarini sud-kimyoviy tahlil usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

SMH preparatlari «Biologik materiallarni umumiy zaharlarga sud-kimyo ekspertizasini (tadqiqot) o‘tkazish» G-1 standartiga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2013 yil 10 yanvardagi 8-sonli va 2015 yil 4 martdagi 82-sonli buyruqlari). Sud-kimyoviy ekspertizani sifat nazoratini yuqori darajadagi ob’ektivlikka ega bo‘lgan xulosani ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan uchun ushbu standart ishlab chiqilgan;

sud-kimyoviy ekspertiza va tadqiqotlar o‘tkazish uchun texnologik reglament sifatida «Biologik moddalarda SMH sud-kimyoviy aniqlash» (ABY.G.232.2013) va «Biologik suyuqliklarda SMH sud-kimyoviy aniqlash» (ABY.G.233.2013) deb nomlangan Amallarni bajarish yo‘riqnomalari ishlab chiqilgan. Ishchi yo‘riqnomalarda amallarni bajarish ketma-ketligi, sifat mezonlari va natijalarning to‘g‘riligi aniq keltirilgan;

biologik ob’ektlarda SMH kimyo-toksikologik va sud-kimyoviy tahlili bo‘yicha 9 ta uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqilgan (2015). Usullar bajarishning oddiyligi, tezkorligi, yuqori sezuvchanligi va iqtisodiy samaradorligi bilan tavsiflangan;

biologik suyuqliklardan o‘rganilayotgan preparatlarni Toxi-Lab AB sistemasi yordamida ekspress tahlili va O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari  klinik biokimyoviy laboratoriyalari faoliyatiga tatbiq etish uchun SMH preparatlarning qandli diabetda  inson organizmidagi metabolizmini bilvosita baholash bo‘yicha 2 ta uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (2015). Usullarni ushbu laboratoriyalarning imkoniyatlari doirasida qo‘llash mumkin, o‘rganilayotgan preparatlarni qisqa muddatda aniqlash va o‘zaro differensiyalash, shuningdek bemorlar tomonidan qabul qilingan dozani qondagi konsentratsiyasi  bo‘yicha davolashni yaxshi nazorat qilish imkonini beradi;

o‘rganilayotgan preparatlar «Toksikologik ahamiyatli moddalar va bir qator dori vositalarining termodesorbsion sirt-ionlashuv Atlasi»ga (2015) kiritilgan. Atlasdagi SMH xossalari haqidagi ma’lumotlar yuqori sezgir, ixtisoslashgan va kam harajatli termodesorbsion sirt-ionlashuv spektroskopiya usulida tahlil o‘tkazish vaqtni qisqartiradi (№BGU 00319. 18.06.2015 y.).

Yangiliklarga obuna bo‘lish