Yusupaliev Baxodir Kaxramanovichning
doktorlikdissertatsiyasihimoyasihaqidae’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini – qishloq vrachlik punktlari faoliyatini akkreditatsiyalashning uslubiy yondoshuvi va tibbiy-tashkiliy chora-tadbirlarini takomillashtirish», 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: LA №0001275-son guvoxnoma.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 31.03.2016/B2016.1.Tib289
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Asadov Damin Abduraximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, 16.07.2013.Tib.19.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Babadjanov Abdumurat Sattarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudaybergenov Abdulla Matkarimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. qishloq vrachlik punktlari faoliyatini akkreditatsiyalashning uslubiy yondashuvi va tibbiy-tashkiliy chora-tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: tibbiy xizmat ko‘rsatish sifat darajasini ob’ektiv baholash yuzasidan qishloq vrachlik punktlari akkreditatsiyasining indikatorlari va standartlari (tibbiy yordamni tashkil qilish, boshqarish va moliyalashtirish samaradorligi; kadralar bilan ta’minlanganlik; moddiy-texnik baza; axborot-resurs bazasi) ishlab chiqilgan;
QVPlardagi patronaj xamshiralarning faoliyati samaradorligini va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini baholash tizimi ishlab chiqilgan;
QVPning har bir xodimining funksional vazifalarini bajarishi va sifat ko‘rsatkichlarga (biriktirilgan aholining qatnovlar soni; ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarning kechikib qo‘yilagan tashhislar soni; aholi sog‘lig‘ining holati va kasallanish ko‘rsatkichlari; moddiy-texnik bazasi va infrastrukturasi) asoslangan holda QVPlarning faoliyati samaradorligini baholash tizimi ishlab chiqilgan;
QVPlar faoliyatini markaziy tuman ko‘p tarmoqli poliklinikalari tomonidan samarali muvofiqlashtirishning takomillashgan tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq vrachlik punktlari faoliyatini akkreditatsiyalashning uslubiy yondashuvi va tibbiy-tashkiliy chora-tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qishloq vrachlik punktlari faoliyatini takoillashtirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 5 martdagi 50-son “Qishloq vrachlik punktlarini yanada maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 11 sentyabrdagi 02/08-son ma’lumotnomasi). Natijalaring joriy qilinishi alohida mehnat sharoitlari uchun QVPda faoliyat ko‘rsatayotgan shifokorlarga tarif stavkasiga 25% miqdorida maxsus ustama joriy etish, belgilangan qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda lavozim maoshi tarkibiga kiritish, hamda QVPlarning patronaj tibbiy hamshiralariga uzluksiz ish staji uchun maksimal ustama miqdori tarif stavkasining 20 foizidan 40 foizigacha oshirish imkonini bergan;
QVPning yangi shtat normativlari bo‘yicha takliflar tegishli hujjatlar doirasida tasdiqlangan (Moliya vazirligining 2014 yil 3 martdagi 18-13-08/26-son, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2014 yil 2 martdagi 2-son, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 2 martdagi 06-3/102-1-son qo‘shma qarorlari). Ishlab chiqilgan takliflar QVP xodimlari shtat normativlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish imkonini bergan;
«QVP patronaj tibbiy hamshiralarining faoliyati samaradorligini reyting bo‘yicha baholash tartibi to‘g‘risidagi» (Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining 2014 yil 28 martdagi 10 va 26-son qo‘shma qarori) hamda «QVP faoliyatini reyting bo‘yicha baholash tartibi to‘g‘risidagi» vaqtinchalik nizomlar (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 5 yanvardagi yo‘riqnomasi), «QVPni akkreditatsiya qilish uchun qo‘llanma» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 14 maydagi 136-son protokoli), «Tajriba akkreditatsiyasi uchun QVPni o‘zini o‘zi baholash mezonlari» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. QVP patronaj tibbiy hamshiralarining ishlari samaradorligini reyting bo‘yicha baholashga doir ishlarning natijalari 5 ta tumandagi 96 ta QVPda, QVP faoliyati samaradorligini baholashga doir ishlarning natijalari esa – respublikaning 18 ta tumanidagi 319 ta QVPda joriy etilgan.