Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Ped67.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02.
Rasmiy opponentlar: Zaynobidinov Sirojiddin Zaynobidinovich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik; Qurbanov Mirzaahmad, pedagogika fanlari doktori, professor; Utebaev Tajibay Tleumuratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining metodik tayyorlanganlik mezonlari (ijtimoiy, ma’naviy, pedagogik-psixologik) mazmuni o‘zaro bog‘liqlik darajasini belgilovchi kasbiy pedagogik refleksiya ko‘rsatkichlari (motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv) asosida aniqlashtirilgan;
kasbiy faoliyatga tayyorlash bosqichlari fizika faniga oid umumlashtirilgan (pedagogik kuzatish, tadqiqotchilik, ilmiy tasavvur, materiallarni tizimlash) va kengaytirilgan (masalalar echish, rivojlantirish, tatbiq etish) empirik tushunchalar hamda amaliy va nazariy bilimlarga tizimli yo‘naltirish yondashuvi asosida takomillashtirilgan;
metodik tayyorgarlikning tashkiliy-pedagogik jarayonlari tuzilmasi komponentlari (rejalashtirish, rivojlantirish, tatbiq etish) predmetli-metodik va kasbiy-psixologik tayyorgarlik darajasiga amaliy va mantiqiy mushohada elementlarini integratsiyalash (topshiriq, nazorat, tahlil) asosida takomillashtirilgan;
fizika ta’limining axborot-metodik ta’minoti integrativ didaktik vositalar (integrativ resurslar, mul`timedia mahsulotlari, virtual laboratoriyalar, intellektual o‘yinlar)ning faollashtiruvchi imkoniyatlari (fikrlash, moslashuv, anglash, bilish) asosida takomillashtirilgan;
fizika fani bo‘yicha pedagogik faoliyatga tayyorlashda modulli texnologiyadan foydalanish imkoniyatlari o‘zini o‘zi rivojlantirish, nazorat qilish, tahlil metodlarining dominant funksiyalari (fundamental, qat’iy, o‘zgarmas) asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining metodik tayyorlanganlik mezonlari, kasbiy pedagogik refleksiya ko‘rsatkichlari va pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirishda fizika sohasidagi kasbiy kompetentligi asoslari «O‘zStandart» agentligining 2015 yil 30 oktyabrdagi 5923-sonli qarori bilan tasdiqlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 iyuldagi 89-03-2661-son ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishda oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
kasbiy faoliyatga tayyorlash bosqichlari fizika faniga oid umumlashtirilgan va kengaytirilgan empirik tushunchalar hamda amaliy va nazariy bilimlarni tizimlashtirishga oid takliflari ITD-1-148 raqamli «Kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi» (2012–2014 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 iyuldagi 89-03-2661-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida fizikaga oid fanlar bo‘yicha malaka talablari, fan dasturlari mazmuni va bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligi zamonaviy talablar darajasida takomillashtirilgan;
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatga tayyorlash bosqichlari, tashkiliy-pedagogik jarayonlari tuzilmasi, predmetli-metodik va kasbiy-psixologik tayyorgarlik darajasiga amaliy va mantiqiy mushohada elementlarini integratsiyalashga oid takliflaridan ITD-1 raqamli «Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari» (2014–2015 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 2 oktyabrdagi 89-03-3431-son ma’lumotnomasi). Natijada fizika fani o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish mexanizmini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
fizika ta’limining axborot-metodik ta’minoti, integrativ didaktik vositalari, faollashtiruvchi imkoniyatlar, modulli texnologiyadan foydalanish, o‘zini o‘zi rivojlantirish, nazorat qilish, tahlil metodlarining dominant funksiyalariga oid takliflar «Fizikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 oktyabrdagi 89-03-3942-son ma’lumotnomasi). Natijada fizika ta’limi samaradorligi, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak fizika o‘qituvchilari uchun metodik tayyorgarligi va fizikaviy bilimlar berish jarayonlari takomillashtirilgan.